endospyermasi rivojlanadi. Chang naychasidagi bir spermiyaning
tuxum hujayra, ikkinchisining markaziy yadro bilan qo‘shilishi
qo‘sh urug’lanish deyiladi.
U 1898-yilda rus olimi
S.G.Navashin tomonidan kashf qilingan. Xulosa qilib aytganda
jinsiy ko‘payishda 1) erkak va urg‘ochi gametalarning hosil bo’lishi; 2) urug’lanish
mobaynida qarama-qarshi jins gametalarning o‘zaro qo‘shilishi; 3) meyozda gomologik
xromosomalarning konyugatsiyalanishi; 4) qarama-qarshi jinslarning irsiy omillarini birikishi ro‘y
beradi.
O’simlik va hayvonlarning urug’lanib ko’payishiga
amfimiksis, urug’lanmasdan ko’payishga
apomiksis deb ataladi. Apomiksisning:
partenogenez, ginogenez ,
androgenez usullari bor.
Nazorat savollari: 1 . Mitoz va meyoz bo’linishning bir biridan garqi nimada?
2. Spermatozoidning tuzilishini izohlab bering?
3. Tuxum hujayraning tuzilishini izohlab bering?
4. Reduktsion bo’linish, ekvatsion bo’linish nima?
5. Gametogenez nima?
6. Hayvonlardagi gametogenez jarayonini izohlab bering?
7. Gulli o‘simliklarda sporogenez va gametogenez jarayonlarini tushuntirib bering?
8. Mikrosporogenez va mikrogametogenez nima?
9. Makrosporogenez va makrogametogenez nima?
10.Hayvonlardagi otalanish jarayoni necha xil bo’ladi va har birini izohlang?
11. Gameta, zigota, murtak, xromosomalarning diploid soni nima;
12. Qo’sh urug’lanish jarayonini tushuntirib bering?
13.Apomiksis va amfimiksis nima;
14.Partenogenez, ,ginogenez, androgenez jarayonlarini bir biridan farqini tushuntiring?