• N.N.Gorojankin , yopiq urug’lilarda urug’lanishni dastlab tasvirlagan olim esa E.Strasburgyer
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet134/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    erkak
    pronukleus
    deb nomlanadi. Spermatozoid tuxum hujayra yuzasiga ilinganda yoki
    ichiga kirganda turli xil hayvonlarda tuxum hujayrasi yetilish bosqichining turli davrida bo’lishi
    mumkin. Spermatozoid bilan qo‘shilishga tayyor tuxum hujayra 
    urg‘ochi pronukleus
    deb ataladi. 
    Tuban organizmlarda erkaklik va urg’ochilik jinsiy hujayralar deyarli bir xil kattalikda bo’ladi va ular 
    izogametalar deyiladi. Bu gametalar genetik va sitoplazma tuzilishi jihatdan bir xil bo’ladi. Bunday 
    gametalar qo’shilishi urug’lanish emas, balki kopulyasiya deyiladi.
    Spermatozoidning yadrosi bilan tuxum hujayra yadrosining qo‘shilishi 
    haqiqiy urug’lanish
    deyiladi. Tuxum hujayrasining haqiqiy urug’lanishi yetilish bosqichida yoki tuxum hujayrasining
    meyoz bo’linishi to’liq tugagandan keyin ro‘y beradi. Chunki tuxum hujayra ichiga spermatozoidni 
    kirishida tuxum hujayra: 1) tinch holatda oosit I; 2) metafaza holatdagi oosit I; 3) metafaza yoki
    anafaza holatdagi oosit II va nihoyat yetilgan tuxum hujayra holatida bo’lishi mumkin. 
    Binobarin, tuxum hujayraga kirgan spermatozoid undagi meyoz jarayonini tugashini «kutadi». 
    Tuxum hujayra yadrosi bilan spermatozoid yadrosining qo‘shilishi
    kariogamiya
    deyiladi. Demak,
    hayvonlarda urug’lanish ikki bosqichdan,
    singamiya
    — tuxum va urug‘ hujayralarning, karioglarniya
    — ularning yadrolarini qo‘shiIishidan iborat. 
    O‘simliklarda urug’lanish
    o‘z mohiyatiga ko‘ra hayvonlardagi urug’lanishga o‘xshash ya’ni 
    ikkita gaploid yadroning qo‘shilishidan tashkil topadi. Shu bilan birga o‘simliklarda urug’lanishning 
    o'ziga xos jihatlari bor. 
    Ochiq urug‘lilardagi urug’lanishni dastlab tasvirlagan olim 
    N.N.Gorojankin
    , yopiq
    urug’lilarda urug’lanishni dastlab tasvirlagan olim esa
    E.Strasburgyer
    hisoblanadi. 
    O‘simliklarda mikrogametogenez chang hujayrasining hosil bo’lishi bilan yakunlanadi. Urug‘chi 
    gulining ustunchasiga kelib tushgan chang vegetativ hujayrali chang naychasini hosil qilib, urug‘kurtak 
    tomon harakatlanadi va uni ichida joylashgan murtak xaltachasining mikropilega yetgach, u 
    sinyergidlarga tegib yoriladi. Chang hujayrasidagi spyermiyaning biri murtak xaltasidagi tuxum
    hujayra bilan, ikkinchisi esa markaziy yadro bilan qo‘shiladi (14-rasm). Urug’langan tuxum
    hujayrada xromosomalarning diploid to‘pllarni tiklanadi va u urug‘ning murtak qismini hosil
    qiladi. Murtak xaltasidagi markaziy yadro bilan spermiya qo’shilishidan xromosomalarning 
    triploidi
    hosil bo‘lib, undan urug‘ning

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish