|
Gulli o‘simliklarda sporogenez va gametogenez jarayonlari Pdf ko'rish
|
bet | 130/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmua
3. Gulli o‘simliklarda sporogenez va gametogenez jarayonlari
O‘simliklarda jinsiy hujayralarning shakllanish jarayoni ikki bosqichga bo’linadi:
1-bosqich —
sporogenez
— gaploid sporalarning hosil bo’lishi;
2-bosqich -
gametogenez
— gametalarning rivojlanishi bilan tugallanadi.
O'simliklarda mikrosporalar hosil bo’lish jarayoni
mikrosporogenez
, megasporalarning hosil
bo’lish jarayoni esa
megasporogenez
deb ataladi.
Mikrosporogenez va mikrogametogenez jarayonlari.
Yosh changdonning subepidermal
to‘qimasida
arxeospora
hosil bo’ladi. Arxeospora meyozning reduksion bo’linishdan keyin ikkita spora,
ekvatsion bo‘linishidan so‘ng to‘rtta gaploid to‘plamli
mikrosporalar
hosil qiladi.
Ular
sporalarning
tetradasi
deb ataladi. Mikrosporalar hosil bo‘lgandan so‘ng
mikrogametogenez
boshlanadi.
Har bir mikrospora bo‘linishi oqibatida
vegetativ
va
generativ
hujayralarning hosil
bo‘lishiga olib keladi. Keyinchalik vegetativ hujayra bo‘linmaydi. Unda oziq moddalar
to‘planadi, ular generativ hujayraning bo’linishini ta’minlab beradi. Generativ hujayra yana
bo’linib,
ikkita spyermiyalar
rivojlanadi. Shunday qilib, yetilgan chang donachasi bitta
vegetativ hujayra va ikkita generativ yadrodan tashkil topadi (28-rasm).
28-rasm.
1-changchi (mikrosporogenez va mikrogametogenez) va urug’chi
(megasporogenez va megagametogenezi. 2 — gulli o’simliklarning jinsiy hujayralari.
Urug‘chi hujayraning hosil bo’lishi
—
megasporagenez
|
| |