• Tuxum hujayra
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet126/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    Tuxum hujayra
    urg’ochilik 'jinsiy hujayrasi bo’lib, shakli deyarli bir xil, ya'ni asosan sharsimon, 
    ba'zan ovalsimon, yoki cho’zinchoq bo’ladi (25-rasm). Tuxum hujayraning yadrosi uning o’rtasida 
    joylashgan bo’ladi. Tuxumning ko’pchilik qismini sitoplazma egallagan bo’lib, unda maxsus oqsilli 
    kiritma-sariqlik moddasi bo’ladi. Sariqlik embrionning rivojlanishi davrida oziqa sifatida sarflanadi. 
    Sariqlik moddasining miqdoriga qarab, tuxumning miqdori ham o’zgaradi. Masalan, reptuliyalar, qushlar 
    tuxumida sariqlik ko’p bo’ladi va shuning uchun ularning tuxumi yirik bo’ladi. Sut emizuvchilar tuxumida 
    esa sariqlik moddasi umuman yo’q, ba'zilarida juda kam, shuning uchun ularning tuxumi kichik bo’ladi. 
    Ancha kattaligi va sariqlik moddasi bo’lganligi uchun tuxum hujayra deyarli harakatlana olmaydi. Faqat 
    kovakichlilar va bulutlarning tuxum hujayrasi harakat qiladi. 
    Sariqlik moddasining miqdori va uning sitoplazmada tarqalishiga qarab, tuxum hujayrani 
    guruhlarga ajratish mumkin. 
    Sariqlik moddasining miqdoriga qarab tuxum hujayra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
    1. Alesital - sariqligi bo’lmagan tuxumlar (a - yo’q, lecithos - sariqhk).
    2. Oligolesital - sariqligi kam bo’lgan tuxumlar (oligos - kam).
    3. Mezolesital - sariqligi o’rtacha bo’lgan tuxumlar (mesos -o’rtaeha).
    4. Polilesital - sariqligl ko’p bo’lgan tuxumlar (poly - ko’p).
    Tuxumning katta-kamchiligi ana shu sariqlik moddasining miqdoriga bog’liq. Sariqlik moddasining 
    sitoplazmada tarqalishiga qarab tuxum hujayra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
    1. Izolesital (isos - bir xil) - sariqlik moddasi kam va taxminan sitoplazmadabir xil tarqalgan. 
    2. o’rtacha telolesital (telos - oxiri) - sariqlik moddasi o’rtacha, hamma qutbda tarqalgan, lekin 
    ko’proq vegetativ qutbda joylashgan. 
    3. Keskin telolesital - sariqlik moddasi ko’p va asosan vegetativ qutbda joylashgan. 
    4. Setrolesital (sentros - markaz) - sariqligi ko’p va tuxum hujayraning markazidajoylashgan. 
    Yo’ldoshli sut emizuvchilarda embrionning ona organizmida taraqqiy etishi va ona organizmidan 
    oziqlanishi munosabati bilan, evolyutsiya jarayonida ikkinchi marta tuxumda sariqlik moddasi 
    kamaygan. 



    Download 7,63 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish