|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 127/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmua25-rasm. Sut emizuvchilar tuxum
hujayrasining
mikroskopik
(A)
va
ultramikroskopik
(B)
tuzilishi
(Yu.I.Afanasev, 1990 bo’yicha).
1-yadro; 2-sitoplazma va sariqlik
kritmasi; 3-kortikal granula; 4-sitoIemma;
5-yaltiroq qobiq; 6- follikulyar hujayralar;
7-vorsinkalar.
Tuxum hujayralarda maxsus tuxum qobiqlari bo’ladi. Bu qobiqlar tuxumning shakli, o’lchami va
tuzilishini o’zgartirmasdan, noqulay iqlim sharoitlaridan, qurib qolishdan saqlaydi, mexanik va boshqa
ta'sirotlardan himoya qiladi. Har xil hayvonlarning tuxum qobiqlari turli-tumanligi bilan farq qiladi.
Shunga qaramay, ular uch guruhga bo’linadi:
Birlamchi qobiqlar. Bu qobiq oosit ishlab chiqargan sekretlardan hosil bo ladi va sariqlik qobig’i,
yoki urug’lanish qobig’i deb ataladi. Bu qobiq yupqa, tiniq, mustahkam bo’lib, tuxumga zich yopishib
turadi. Sariqlik qobig’i, oositning katta o’sishi davrida hosil bo’ladi. Bu davrda oositga oziq moddalar
ko’plab to’planadi.
Ikkilamchi qobiq xorion deb ataladi. Bu qobiq tuxumdondagi follikulyar epiteliy hujayralardan,
yoki ularning ishlab chiqargan sekresiyasidan ovulyasiya davrida hosil bo’ladi. Hasharotlarda xorion
xitinsimon mustahkam va qalin bo’ladi. Xorion ustidagi o’simtalar tuxumning o’simliklarga va
toshlarga yqpishishiga yordam beradi.
Uchlamchi qobiq po’choq, po’choq osti qobiqlaridan iborat bo’lib, tuzilishi, kimyoviy tarkibi va
ahamiyatiga ko’ra turlicha bo’ladi. Bu qobiq tuxum hujayra tuxum yo’hdan o’tayotgan paytda, tuxum
yo’li bezlari ishlab chiqargan sekretlardan hosil bo’ladi. Bu qobiqqa misol qihb tuxum qo’yuvchi
mollyuskalar, amfibiyalar tuxuniining yaltiroq po’sti, qushlar tuxumining po’chog’i va po’choq osti
qobig’ini ko’rsatish mumkin. Ba'zi chuvalchanglarda, mollyuskalarda, o’rgimchaklarda uchlamchi qobiq,
bir necha tuxumni o’rab oladi va pilla hosil qiladi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra, oqsil, pergament va
oqsilsimon moddalardan iborat.
|
| |