|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 124/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmuapartenogenez, ginogenez,
adrogenez, qo‘sh urug‘lanish,changchi, urug‘chi, plazmagomiya
1.
Jinsiy hujayralar to’g’risida tushuncha
Urug’lanish
(qo‘shilish) bilan yangi avlod hosil qiluvchi maxsus hujayralar jinsiy hujayra
(spermatazoid va tuxum hujayrasi) yoki gametalar deyiladi. Ma’lumki, organizm tanasidagi
gametalardan boshqa barcha hujayralar somatik hujayralarni tashkil etadi. Erkakli jinsiy hujayralar
spermatozoid urug’donlarda, urg’ochilik jinsiy hujayra tuxum hujayra esa tuxumdonlarda yetiladi.
Spermatozoidning tuzilishi.
Spermatozoid grekcha "sperma" - urug’, zoon - hayvon, eidos - tur,
degan ma'noni bildiradi. 1677 yilda Gamm va A. Levenguk sut enuzuvchilarning erkaklik jinsiy
hujayrasini mikroskopda ko’rdilar. 1827 yilda K. M. Ber spermatozoid terminini birinchi marta fanga
kiritdi.
Spermatozoidning shakli turli hayvonlarda turlicha bo’ladi. Masalan, sut emizuvchinikida qamchisimon,
yumaloq chuvalchanglarda, qisqichbaqasimonlarda va boshqa hayvonlarda pufaksimon bo’ladi. Ba'zi hayvonlarda
spermatozoid yana boshqa shakllarda ham bo’lishi mumkin. Spermatozoid barcha hujayralar kabi membrana,
sitoplazma, yadro va boshqa hujayra organoidlaridan iborat. Uning shakli turlicha bo’lsa ham, barcha
hayvonlarda bir xil tuzilgan bo’lib, bosh, bo’yin, o’rta va dum qismlardan iborat (24-rasm). Bosh qismi
spermatozoidning oldingi qismi bo’lib, boshqa qismlardan yo’g’on bo’ladi. Bu qism yadro va uni o’rab turgan
sitoplazmadan iborat.
24-rasm. Odam spermatozoidining tuzilishi (B.Karlson, 1983
bo’yicha).
A-tikkasiga kesmasi; 1-bosh qisminirig po’sti; 2-vakuola;
3-yadroning quyuq moddasi; 4-sentriola; 5-mitoxondriyalar; 6-
terminal halqa; 7-markaziy filamentlar; 8-qobiq. B-bosh, bo’yin va
o’rta qismlari: 9-bosh qobig’ining cheti; 10-mitoxondriya spirali. V-
dumning terminal qismi. G-E-dum va o’rta qismning ko’ndalang
kesmasi.
Boshning oldingi tomonida
akrosoma
(grekcha
acron
- ustki, soma -tana) joylashgan. Akrosoma golji
apparatining o’zgarishidan kelib chiqqan bo’lib, pufak
shaklida bo’ladi va unda urug’lanish davrida tuxum
hujayraning mikropile teshigidagi oqsilli tiqinni eritib
yuboradigan
gialuronidaza
fermentini saqlaydi.
Bo’yin qismida, yadroning orqa qutbida
|
| |