• Terminatsiya
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    uchinchi bosqichi
    sitoplazmadagi ribosomalarda amalga oshadi.
    Ribosomaning kattaligi prokariot va eukariot hujayralarida har xil. Prokariot hujayralarda uning 
    kattaligi o‘rtacha 30x30x20nm. Eukariotlarda esa 40x40x20 nm ga teng. Ribosomalarning kattaligi 
    sedimentatsiya
    birligi bilan o‘lchanadi. Sedimentatsiya maxsus ozuqa muhitida ribosomalarning 
    sentrifugalashdagi cho‘kish tezligini ifodalaydi. 
    Ichak tayoqchasi bakteriyasining ribosomasi ikki: katta va kichik qismdan tashkil topgan. Ular 
    64% ribosomal RNK, 36% oqsildan tuzilgan. Ichak tayoqchasi bakteriyasidan farqli o’laroq
    eukariotlar ribosoma subbirliklari birmuncha yirik. 
    Har bir ribosomada aminoatsil va peptidil markazlari bo‘ladi. Birinchi aminokislota (metionin)
    avvalo ribosomaning aminoatsil markaziga o‘rnashadi. Bu aminoatsil markazda metionin 
    aminokislotasini ribosomaga olib kelgan t-RNK antikodoni ribosomaning aminoatsil markazidan o‘rin 
    olgan iRNK kodiga qarama qarshi joylashadi va kod bilan antikodon o‘zaro birikadi. Shundan 
    so‘ng t-RNK olib kelgan metionin aminokislotani ribosomaning katta bo‘lagiga qoldiradi, o‘zi esa
    aminoatsil markazdan peptidil markazga suriladi. Bo‘shagan aminoatsil markazga keyingi 
    iRNKning kodi joylashadi va u keyingi aminoatsil tRN K antikodoni bilan birikadi. Shu lahzadan 
    boshlab translyatsiyaning 
    ikkinchi bosqichi

    elongatsiya
    amalga oshadi. Elongatsiya bu polinukleotid 
    zanjirini uzayishi. 
    Oqibatda
    peptidil transferaza
    fermenti yordamida birinchi aminokislotaning karboksil guruhi
    (COOH) ikkinchi aminokislotaning amino guruhi (NH
    2
    ) bilan birlashadi va ular o’rtasida
    peptid
    bog‘
    (-CO-NH-)
    hosil bo‘ladi. Natijada suv molekulasi ajraladi. Shunday usul bilan elongatsiya 
    jarayonining keyingi bosqichlarida iRNK kodi t-RNK antikodoni bilan ham ribosomaning aminoatsil 
    markazidan peptidil markazga t-RNK surilgan sari dipeptid, tripeptid, polipeptid sintezi davom 
    etaveradi. Bunda albatta ribosomal
    translokaza
    fermenti elongatsiyani oqsil omili sifatida davom


    ettiradi. Ribosomaga tashib kelgan aminokislotadan ozod bo‘lgan t-RNK va u bilan aloqada
    bo’lgan iRNK kodoni ribosomaning tashqarisiga chiqadilar. 
    Ribosomaning aminoatsil va peptidil markazlarida oqsil sintezi aminoatsil markazga uchta
    ternimator kodon UAA, UAG yoki UGA lardan biri kelib joylashgach to‘xtaydi. Ribosomaning 
    aminoatsil markaziga ternimator kelib tushgach polipeptid sintezining uchinchi bosqichi
    tyerminatsiyasi boshlanadi. 
    Terminatsiya
    bu translyasiyaning oxirgi bosqichi. Terminatsiya 
    sintezlangan polipeptid zanjirini ribosomaning katta subbirligidan ajralishiga olib keladi. Natijada
    yerkin holdagi ribosoma yangi polipeptid zanjirining sintezida qatnashishi mumkin bo‘ladi.
    Barcha eukariot organizmlarda translyatsiya jarayoni umuman olganda shunday kechadi. 
    Oqsil biosintezida hosil bo’lgan polipeptid zanjir translyatsiya jarayonida o’ziga xos maxsus
    funksiyani o‘taydi. Oqsilning
    birlamchi strukturasi
    polipeptid zanjirda aminokislotalarning izchilligi 
    bilan belgilanadi. Biroq oqsil molekulasi hujayra ichida to‘g’ri chiziqda tortilgan aminokislotalar 
    zanjiridan iborat bo‘lmay, spiral shaklida buralgan, koptok shaklida o’ralgan, globulyar bo‘ladi.
    Bu ularning
    ikkilamchi, uchlamchi
    strukturalaridir. Ikkilamchi, uchlamchi strukturalar hosil bo‘lishida 
    disulfid
    bog’lar, ionli bog’lar, gidrofob, qutblangan guruhlar orasidagi aloqalar muhim rol o‘ynaydi. 

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish