2. Faollashgan aminokislotalarni t-RNK ga birikishi. Bu maxsus
aminoatsil sintetaza
ferment
ishtirokida ro‘y beradi.
Aminoatsil sintetaza fermenti har bir aminokislota uchun o‘ziga xos bo‘ladi. t-RNK yadroda
sintezlansa ham sitoplazmada yerkin holda bo‘ladi. t-RNKning bir molekulasi 76-85 nukleotiddan
iborat. Uning tuzilishi beda bargiga o‘xshash. t-RNKning uch qismi nihoyatda ahamiyatli sanaladi.
a)
antikodon
- bu uchta nukleotiddan tuzilgan bo‘lib, u t-RNKdagi triplet ketma-ketligini
iRNKdagi tripletga komplementar mosligi.
b) t-RNK maxsus aminokislotaga birikkanligini aniqlovchi qism.
v) t-RNK- ning aminokislota joylashadigan
akseptor
qismi.
3. Translyatsiyani uchinchi bosqichi — faollashgan va t-RNKga birikkan aminokislotalarni
ribosomalarga tashib keltirish va iRNKdagi nukleotidlar izchilhgi to‘grisidagi irsiy axborotning
oqsil tarkibidagi aminokislota izchilligiga ko‘chirish ya’ni chin ma’nodagi translyatsiyadir.
Translyatsiyani