|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 118/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmuaterminatorlar
deb ataladi.
Hujayrada oqsil biosintezi.
Hujayralar tuzilishi va xossalari asosan undagi oqsillarga
bog’liq. Modomiki shunday ekan u holda ona hujayra qanday oqsillar sintezlasa, qiz hujayra ham
shunday oqsillarni sintezlaydi. Oqsillar sintezi fan tarixida eng muhim muammolardan biri bo‘lib
kelgan. Hozirgi vaqtga kelib bu muammo deyarli hal qilindi. Respublika-mizning mashhur olimi
akademik
Yo.X.To‘raqulov
qayd etishicha hujayradagi oqsillar sintezida yuzga yaqin fermentlar,
maxsus oqsil faktorlar, 200 ga yaqin makromolekulalar qatnashadi. Makromolekulalarning
ko‘pchiligini
ribosomalar
tashkil etadi. Oqsil molekulasi biopolimyer bo‘lib, uning monomerlari
aminokislotalar
sanaladi. Har bir oqsil molekulasida aminokislotalar tarkibi izchilligi, soni shu
oqsilga xos bo’ladi. Oqsil strukturasini aniqlashda DNK asosiy rol o'ynaydi. Oqsil molekulasiga
nisbatan DNK molekulasi bir necha o‘n, hatto yuz barobar uzun. DNKning har xil qismlari turli
oqsillar sintezlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Lekin shuni qayd etish lozimki oqsil molekulasini
sintezida DNKning o‘zi bevosita ishtirok etmaydi, chunki u yadro tarkibida, oqsil esa sitoplazmadagi
ribosomalarda sintezlanadi.
Odatda oqsil strukturasi haqidagi axborot DNK da bo’ladi va saqlanadi. DNK dagi oqsil
biosintezi to’g‘risidagi axborotni
RNK sintetaza
fermenti i-RNKga ko‘chiradi, hosil bo’lgan i-RNK
lar esa ribosomalarga yo‘naladi.
Hujayradagi oqsil biosintezi matritsali prinsipga asoslanadi. U
transkripsiya
hamda
translyatsiyadan
iborat.
Transkripsiya
- bu qo‘sh zanjirli DNKdagi irsiy axborotni bir qavat zanjirli RNK ga
ko‘chirishdir. Mazkur jarayon
ferment
orqali amalga oshiriladi. i-RNK nusxa ko‘chirilishi DNK
spiralining 5’-3’ tomoniga yo‘nalgan bo’ladi. Odatda organizm hayoti va rivojlanishi uchun zarur
fermentlar va oqsillar interfazagacha ya’ni DNK sintezlanishi davrigacha ro‘y beradi. Transkripsiya
uch bosqichdan:
|
| |