O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

 
3.
Chargaff qoidasi va uning nuklein kislotalarning sintezlanishidagi roli 
 
Tabiiy manbalardan ajratib olingan DNKlarning nukleotid tartibini o‘rganish natijasida AQSH 
olimi 
Chargaff
va rus akademigi 
A.N.Belozyerskiylar
qator miqdoriy qonuniyatlarni aniqladilar. Bu 
qonuniyatlar quyidagicha ifodalanadi: 
1.
DNK molekulasidagi purin asoslari, adenin va guanin molyar konsentratsiyasini yig‘indisi 
pirimidin asoslari-sitozin va timinning molyar konsentratsiyasi yig‘indisiga teng: 
Pur=Pir yoki
1



Т
Ц
Г
A
2.
Adeninning molyar konsentratsiyasi timinnikiga, guaninniki esa sitozinga teng:
A=T, G=S yoki 
1

T
A

1

Ц
Г
3.
DNK zanjiridagi 6-alfaminoguruhli asoslar miqdori 6-ketoguruhli asoslar miqdoriga teng, ya’ni 
adenin va sitozin molyar konsentratsiyalarining yig‘indisi guanin va timin molyar konsentratsiyalari 
yig‘indisiga teng: 
A+S=G+T yoki
1



T
Г
Ц
A
4.
Guanin bilan sitozin molyar konsentratsiyalari yig‘indisining adenin bilan timinning (DNK 
molekulasida yoki uratsil RNK da) molyar konsentratsiyalari yig‘indisining nisbati turli manbalardagi 
nuklein kislotalarda turlicha bo‘ladi. Bu spetsifiklik koeffitsienti deb ataladi va 
)
(
У
Т
А
Ц
Г


shaklida ifodalanadi. 


Agar, 
Т
А
Ц
Г


ning qiymati birdan kam bo‘lsa, bunday DNK A-T tipga, agar uning qiymati 
birdan katta bo‘lsa, G-S tipga kiritiladi. 
Yuksak o‘simliklar va hayvonlar DNKsi AT tipga mansub, zamburug‘lar, cuvo‘tlar va 
bakteriyalarning DNKsi ko‘pincha GS tipga mansub. Bu ko‘rsatkichlarni o‘simlik, hayvon va 
mikroorganizmlarni taksonomik qatorini aniqlashda foydalanish mumkin. 

Download 7,63 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish