-rasm. t-RNK molekulasining beda bargi modeli




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

21-rasm.
t-RNK molekulasining beda bargi modeli 
 
RNK ning uchinchi turi 
informatsion RNK
(
i-RNK
) yoki vositachi 
m-RNK
(mesenjyer) deb 
ataladi. RNK ning bu turi umumiy RNK ning 5% ini tashkil etadi. U ham sitoplazmada va yadroda 
uchrab, nukleotid tarkibi bo‘yicha DNK molekulasini muayyan bir qism nukleotidlarning nusxasi 
hisoblanadi. Bu RNK DNK molekulasidagi axborotni oqsil sintezlaydigan orgonoid-ribosomalarga olib 
boradi. I-RNKning molekulyar massasi bir millionga yaqin bo‘lib, ularning nukleotid tarkibi 
sintezlanayotgan oqsilning molekulyar og‘irligiga qarab har xil bo‘ladi. I-RNK ning sintezlanishi 
yadroda boshlanib, so‘ng sitoplazmaga o‘tib ribosomaga o‘rnashadi va oqsil sintezida qolip (matritsa) 
rolini bajaradi. 
 
DNK replikatsiyasi. 
Genetika fanida asosiy masalalardan biri mitotik siklning qaysi davrida 
xromosomalar paydo bolishini o’rganish bo‘lsa, ikkinchisi bu hodisaning molekulyar mexanizmini
aniqlashtirishdir. Xromosomalar biosintezining molekulyar mexanizmida asosiy o‘rinni DNK
replikatsiyasi ya’ni DNK molukulasining ikki hissa ortishi egallaydi. DNK sintezini o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki, bu jarayon ko‘p hujayrali organizmlarda interfaza bosqichida bo‘lib o’tadi. 
DNK molekulasining replikatsiyasi to’g‘risida uch xil faraz ilgari surilgan. Bular
konsyervativ
— turg‘un,
polikonsyervativ
— yarim turg‘un va
dispyersion
farazlardir.
Konsyervativ farazga ko‘ra, replikatsiya davrida DNK molekulasidagi qo‘sh spiral
o’zgarmaydi, shu holatda u o’ziga aynan o'xshash molekulani sintezlaydi. Binobarin ikki DNK 
molekulasining biri eski, ikkinchisi to‘lig‘icha yangi bo‘ladi. 
Yarim konsyervativ faraz bo‘yicha replikatsiya davrida DNK molekulasining qo‘sh zanjiri
bir-biridan ajralib ikkiga bo‘linadi va har bir zanjir komplementar zanjirning hosil bo‘lishi uchun
matritsa vazifasini o’taydi. Natijada hosil bo‘lgan ikkita DNK qo‘sh zanjirining biri eski,ikkinchisi
yangi bo‘ladi.
Replikatsiyaning dispyersion usulda DNK molekulasining ikkilanish jarayonida hosil
qiluvchi zanjirlar uzilib parchalanadi. Shundan so‘ng har bir DNK fragmenti o’ziga o’xshash 
fragmentni hosil qiladi va ular o‘zaro birlashib yangi DNK molekulasining tiklanishiga sababchi
bo‘ladilar. Yuqorida bayon etilgan fikrlar DNK 
replikatsiyasi bo‘yicha berilgan rasmlarda o’z ifodasini topgan ( 22-rasm). 



Download 7,63 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. t-RNK molekulasining beda bargi modeli

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish