24-rasm.
No’xat o’simligining duragaylarida gul rangining irsiylanishi
3.Takroriy va taxliliy chatishtirishlar. Gametalar sofligi gipotezasi to’g’risidagi
qoidalar
Ikkinchi bo’gin geterozigota organizmlarning belgilar bo’yicha
ajralishining asosiy sababi
shundaki,
juft genlar duragayda saqlanib, jinsiy hujayralar hosil bo’lishida
ular har xil gametalarga
tarqaladi. Hosil bo’ladigan jinsiy hujayralarga har bir juft gendan faqat bittasi beriladi.
Mendel buni
tekshirish uchun duragayni takror chatishtiradi. Buning uchun duragayni
gomozigota holidagi
boshlang`ich formadagi ota yoki ona bilan chatishtiradi. Birinchi bo’gin duragayni gomozigota holdagi
(dominant yoki resessiv) boshlangich forma (ota yoki ona) bilan chatishtirish –
takroriy to`yintiruvchi
chatishtirish
, ya’ni
bekkros
deyiladi.
Formulasi
Aa
x
AA
yoki
Aa
x
aa
bo’ladi.
Birinchi bo’gin (
Aa
) duragayni dominant allelga ega bo’lgan gomozigota forma (
AA
)
chatishtirilganda tashqi ko’rinishi bir xil avlod olinadi.
Boshlang’ich formalarning barcha gametalari dominant allel
A
ga ega bo’ladi, duragayda esa
A
va
a
allelga ega bo’lgan 2 ta gameta hosil bo’ladi. Natijada hosil bo’lgan avlodning genotipi 2
Aa
: 2