|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 147/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmua9
sariq tekis :
3
sariq burishgan:
3
yashil tekis:
1
yashil burishgan ekanligi aniqlandi.
Agar biz diduragaylardagi ikki xil belgining har birini alohida-alohida o‘rgansak, u holda doni
12 sariq : 4 yashil, 12 tekis : 4 burishgan ekanligini ko‘rlarniz. Demak ayrim belgilar bo‘yicha
xuddi monoduragaylardagidek F
2
da dominant belgining retsessiv belgiga bo’lgan nisbati 3:l ga teng.
Bu o‘z-o‘zidan diduragaylardagi bir belgi ikkinchisiga tobe bo’lmagan, balki alohida-alohida
irsiylanishidan dalolat beradi (29-rasm). Diduragaylardagi olingan natijallarni xulosalab, Mendel
uchinchi
—
belgilarning mustaqil holda irsiylanish qonunini
ixtiro etdi.
Bu qonunning mohiyati organizmning bir juft belgilari uning boshqa juft belgilariga bog‘liq
bo‘lmagan holda, mustaqil irsiylanishini bildiradi. Shunga ko‘ra ikkinchi avlodda ota-ona belgilarini
o‘zida mujassamlashtirgan o‘simliklardan tashqari, bir belgini changchi o’simlikdan, ikkinchi belgini
urug‘chi o‘simlikdan olgan duragaylar paydo bo’ladilar. Ya’ni F
2
da dastlabki changchi va urug‘chi
belgilarining yangi kombinatsiyalari: doni sariq sirti burishgan va doni yashil sirti tekis formalar
hosil bo’ladi. Bunday yangi formallarni hosil bo’lishiga
kombinativ
o‘zgaruvchanlik
deyiladi.
Endi duragaylarning genotipini tahlil qilishga o‘tlarniz. Monoduragaylar bilan tanishganda
Mendel donning sariq rangini A alleli, yashil belgisini aalleli bilan ifoda qilganining shohidi bo’ldik.
Tabiiy ravishda alfavitda A
harfidan keyin B keladi. Shuni e’tiboiga olgan holda Mendel no‘xat
donining tekisligini
B
alleli, burishganligini
b
alleli bilan ifodalaydi.
29-rasm
.
No‘xat o’simligining diduragaylarida don rangi va shaklining
irsiylanishi.
Belgilarning irsiylanishini o‘rganish uchun tanlangan ota-ona organizm odatda genetik jihatdan
sof, ya’ni gomozigota holatda bo‘lishi kerak. Binobarin, chatishtirishda qatnashgan doni sariq sirti
tekis no‘xat o‘simligi genotipi
|
| |