9-rasm.
Xromosomaning
tuzilishi va shakli
Qutbli va elektron mikroskopiya kabi tadqiqot metodlari xromosomalarning
nozik tuzilishini
o‘rganishga imkon yaratdi. Har bir xromonema ikkita elementar yig‘indidan, ya’ni mikromolekulyar
o‘lchamli birlamchi ipchalardan tashkil topadi. Birlamchi ipcha diametri 30 A° ga teng.
Spirallashish ikki ko‘rinishda bo‘ladi. Ularning biri mayda, ikkinchisi yirik bo‘ladi.
Xromosomalar uzunasiga bir-biridan farq qiluvchi qismlardan tashkil topgan. Ayrim qismlar ko‘proq
spirallashadi, boshqalari kam spirallashadi. Spirallashgan qism to‘q rangda,
kam spirallashgani och
rangda bo‘ladi. Ko‘p spirallabligan qism
geteroxromatin
, kam spirallashgan qism
euxromatin
deb
nomlanadi. Xromosomalarning
uzunasiga tabaqalashganligi, ayniqsa, gigant xromosomalarda ko‘zga
tashlanadi, chunki ular 1000 dan ortiq xromonemalardan iborat bo’ladi.