|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmua6-MA’RUZA.
Mavzu:
Genetika fanining vazifasi, o‘rganadigan sohalari va uslublari.
Reja:
1.
Genetika fanining mazmuni, vazifalari va o’rganish metodlari
2.
Genetika fanining rivojlanish bosqichlari
3.
Genetika fanining shahobchalari
4.
Genetika fanining rivojlanish istiqbollari va hozirgi zamondagi vazifalari.
Tayanch ibora:
gentika, irsiyat, o‘zgaruvchanlik, mikroorganizm, gen. hujayra,
organoid, virus, DNK, RNK, avlod, duragay nasl,
1.Genetika fanining mazmuni, vazifalari va o’rganish metodlari
Genetika fani tirik organizmlarning ikki asosiy xususiyati-irsiyat va o‘zgaruvchanligini
o‘rganadi. Genetika grekcha «genetikos» so‘zidan olingan bo‘lib, tug‘ilish kelib chiqish degan ma’noni
bildiradi. Genetika o‘rganadigan man’ba tirik organizmlar – o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar,
hatto viruslar ham bo‘lib, ular barchasi hujayradan tuzilgan.
Irsiyat
deganda odatda organizm o‘z belgilari va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi naslga
yetkazish xossasi tushuniladi. Irsiy belgilar va xususiyatlarini bir bo’g‘indan keyingi bo‘g‘inlarga
o‘zgarmagan holda o‘tishi hujayrada yozilgan axborotga asosan yuzaga chiqadi. Bu xususiyat
hayvonlar, o‘simliklar va mikroorganizmlarda
avlod, tur va zot, navlarga
oid bedgilarni avlodda
saqlanib qolishini ta’minlaydi.
Hujayra yadrosida joylashgan xromosomalar irsiyatning moddiy negizi bo‘lib, avlodlar
o‘rtasida navbatlanishni ta’minlovchi asosiy man’ba hisoblanadi. Jinsiy ko‘payishda erkak (sperma)
va urg‘ochi (tuxum) hujayralariping o‘zaro qo‘shilish, ya’ni urug‘lanish davrida, xromosomalar ota-
onadan naslga o‘tadi. Demak, irsiylanishning moddiy negizi jinsiy hujayralarda joylashib, avlodlar shu
hujayra orqali o‘zaro bog‘lanadi. Bunda ona hujayrada bo‘lgan belgi va xususiyatlar xromosoma orqali
qiz hujayralariga beriladi. Irsiyat tufayli bug‘doy urug‘idan bug‘doy, arpa urug‘idan arpa unib chiqadi.
Genetika o‘zgaruvchanlikni ham o‘rganadi, chunki avlod bir xil bo‘lmaydi. Ingliz olimi
Ch.Darvin ko‘rsatishicha, hatto bir turga kiruvchi individlar ham bir-biridan farq qiladi. Biologiyada
genotipni tashqi muhit faktorlari ta’siriga reaksiyasi
o‘zgaruvchanlik
deyiladi. O‘zgaruvchanlikni
bir necha xillari mavjud:
mutatsion
va
modifikatsion
o‘zgaruvchanlik, tashqi faktorlar va ichki irsiy
modda genlarini o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, genetika fani bir-biriga qarama-qarshi
bo‘lgan 2 xususiyat: irsiyat va o‘zgaruvchanlikni hamda ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganadi.
Irsiyat va o‘zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi jarayon bo‘lishiga qaramay bir
vaqtda namoyon bo’ladi. Irsiyatsiz o‘zgaruvchanlik, o‘zgaruvchanliksiz irsiyat kuzatilmaydi.
Irsiyat va o‘zgaruvchanliksiz yer yuzida hayotning evolyutsiyasini tasavvur etish qiyin.
Irsiyat o‘simlik va hayvonlarning har bir turining o‘ziga xos belgi va xossalarini bir qancha
avlodlarda turg‘un saqlanib qolishini ta’minlaydi. Irsiyat tufayli turga tegishli organizmlar
o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga moslashib, yashab qoladi. O‘zgaruvchanlik
natijasida paydo bo’lgan belgi-xossalar irsiyat tufayli keyingi avlodlarda saqlanib
qolgandagina, ya’ni irsiylangandagina evolyutsiyada ahamiyatga ega.
Genetikada
|
| |