pnevmokoniyoz kasalligini, elektr stantsiyalaridan chiqadigan qurumlar tarkibida 14,9-19,7%
kremniy(silitsiy) qo’shoksid moddasining bo’lishi esa silikoz kasalligini keltirib chiqaradi. Katta
industrial shaharlarining atmosfera havosi tarkibida mazkur modda 20- 30% ga yetishi mumkin.
Shuni aytish kerakki, changlarning eng mayda zarrachalari organizmga zararli ta’sir ko’rsatadi.
Havodagi gaz tarkibining o’zgarishi gigenik nuqtai nazardan xavfli hisoblanadi. Havoda qandaydir
noxush hid sezilsa va nafas yo’llari orqali organizmga ko’proq kirib qolsa, albatda kasallik sodir bo’ladi.
Biroq, shunday gazlar ham borki, ular o’ta zaxarli bo’lishiga qaramay, sira hidi bo’lmaydi. Jumladan is
gazini inson seza olmaydi. Ko’pincha shahar atmosfera havosiga sanoat korxonalari juda ko’p
turli
xususiyatli hidsiz va hidli gaz aralashmalarini chiqarib tashlashi mumkin. Katta industrial shaharlarga
kirib kelganda havo tarkibi, uning musaffoligi buzilganligini sezish mumkin. Masalan, Olmalik,
Chirchik, Navoiy va boshka shaharlar atmosfera havosining tarkibida 10 va undan ortiq gazlar bo’ladi.
Bular, albatda, bunday shaharlardagi sanoat korxonalaridan, avtotransport vositalaridan ajralib
chiqadigan gazlardir. Havo tarkibidagi zararli gazlar tug’ridan-tug’ri nafas yo’llariga kirib, o’pkaning
alveolalariga, qonga o’tadi, yoxud shillik qavatidagi namliklar bilan birikib, uni yallig’lantirishi
mumkin.
O’zbekistonda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari zaharli gazlar ko’pincha yoshi o’tgan
kishilarga, shuningdek yosh bolalarga ancha keskin ta’sir etishini, kasalliklar og’ir o’tishini, bunda
bemorlarning ancha qismi nobud bo’lishi mumkinligini korsatdi. Agar havoda oltingugurt oksidi ko’p
to’planib qolsa kishilarda bronxit, gastrit, o’pka kasalliklarini vujudga keltiradi.
Angliyalik olimlar shaharlarda qishloqlarga nisbatan o’pka rakidan o’lganlar soni ko’p
bo’lganligini aniqlaganlar. Atmosferada vodorod sulfid (H
2
S) gazining ortib ketishi natijasida odamning
boshi og’riydi, qayt qiladi, darmonsizlanadi va xatto hid bilish qobiliyati zaiflashadi. Ftor (F)
birikmalari ta’sirida burundan qon keladi, tumov paydo bo’ladi, kishi yo’taladi. Azot oksidlari tufayli
o’pka kasallanadi, qon bosimi pasayadi
va natijada bosh aylanadi, hushidan ketadi, qayt qiladi.
Qo’rgoshin (Pb) changi kishi asabiga ta’sir qiladi bosh miya yalliglanishiga sabab bo’ladi, jigar va
buyrak faoliyatini susaytiradi, bolaning jismoniy taraqqiyotini kechiktiradi. Kishi organizmiga
radioaktiv moddalar ham yomon ta’sir etib buyrak usti bezini, jinsiy bezlar faoliyatini, qalqonsimon bez
faoliyatining normal ishlashiga salbiy ta’sir etadi, qon tarkibini o’zgarishiga sababchi bo’ladi.
Atrof-muxit komponentlari bir-biriga dialektik bog’langanligi tufayli insonning xo’jalik faoliyati
natijasida, ayniqsa, ularni uzluksiz va shu jumladan har bir komponentini holatini yomonlashishi, ya’ni
ifloslanishi oshib bormoqda. Bunday holat uz navbatida tabiatni boshka komponentlariga ham ta’sir etib
inson, hayvon va o’simliklar organizmida salbiy o’zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Shu tufayli biz
tabiat elementlarini (atmosfera havosini, suvni, tuproqni) ifloslanishini inson organizmiga, hayvonlarga
va o’simliklarga ta’sirini ko’rib chiqamiz.
Havoni ifloslanishi inson organizmiga salbiy ta’sir etib, ular salomatligini yomonlashishiga
sabab bo’lmoqda. Ayniksa oltingugurt oksidi, ftor birikmasi, azot oksidlari, har xil sanoat changlari,
radioaktiv moddalar va qishloq xo’jalik pestitsidlari inson organizmida har xil kasalliklarni vujudga
keltiradi. Oltingugurt oksidi (SO) havoda ko’p to’plansa
insonlarda bronxit, gastrit va o’pka
kasalliklarini vujudga keltiradi. Uglerod oksidining (CO) havoda ortib borishi tufayli inson or-
ganizimida gemoglobin susayadi, yurak, qon-tomir tizimlarida buzilishlar sodir bo’ladi, arteroskleroz
xastaligi rivojlanadi, bosh aylanadi, og’riydi, yurak tez-tez urib, uyqu buziladi, kishi tajang bo’lib
qoladi. Azot oksidlari (NO, NO
2
, N
2
O
3
) tufayli o’pka xastalanadi, qon bosimi pasayadi va natijada bosh
aylanib, xushidan ketadi, qayt qiladi, nafasi bo’g’iladi.
Inson organizmi uchun zararli bo’lgan har xil changlar yil sayin atmosfera tarkibida ko’payib
bormoqda. Zararli chang va boshka kattik zarrachalar sanoatlashgan rayonlarda, shaharlarda
qishloqlarga nisbatan ko’p. Bular inson organizmiga havo bilan birga kirib, ularda har xil xastaliklarni
vujudga kelishini tezlashtiradi. Chang zarrachalari inson terisini, xususan, shillik pardalarini zararlaydi,
ko’z xastaligini tezlashtiradi. Ayniqsa, sement zavodi, tog’-kon sanoatidagi keraksiz tog’ jinslari (otval),
sanoat chiqindilaridan kelgan changlar,
konlarda, yo’l qurilishida, to’g’on qurilishida o’tkaziladigan
portlashlardan vujudga kelgan changlar atrofidagi o’simliklarga salbiy ta’sir etadi.
Atmosferaning ifloslanishi hayvonlarga ham salbiy ta’sir etadi. Hayvonlar havodan nafas
olganda hamda o’simliklar bilan ovkqatlanganda uning organizmi zaharli chang (ftor, qo’rgoshin, surma
va boshkalar) va har xil gazlar bilan zaharlanadi. Hozir hayvonlar orasida "sanoat flyuoroz" kasali keng
tarqalgan bo’lib, u suvda, yem-xashakda va havoda to’planib qolgan ftor moddasi tufayli vujudga
kelgan. Florida shtatining Polk okrugidagi bir necha fosfat zavodlaridan chiqqan tutin tarkibidagi
ftoritdan zaharlanib 30000 bosh qaramol qirilib ketgan. Shuningdek, rangli metallurgiya zavodidan
chiqqan qo’rgoshin yoki po’lat eritish zavodidan chiqqan molibden bilan ham zaharlanish mumkin.
Atmosferaning ifloslanishi tunuka tomlarning zanglashini, binolar va boshka inshootlar nurashini,
korroziyaga uchrashini ham tezlashtiradi. Shu sababli havo ko’proq ifloslangan shaharlarda korroziya
jarayoni qishloqlarga nisbatan 100 marta ortiqroqdir.
AQSHning atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining ma’lumotiga ko’ra, havo ifloslanishi
tufayli insonlarning xalok bo’lishidan, korroziya materiallarning yemirilishidan, o’simlik
va qishloq
xo’jalik ekinlarining zararlanishidan 4.9 mlrd. dollar, umuman atmosfera ifloslanishidan esa yiliga 16
mlrd. dollar zarar ko’radi.
Suv resurslarining ifloslanishi va buzilishi deganda biz suvda xar xil organik, noorganik,
bakterialogik va boshqa moddalar tuplanib qolib, uning xossalari (rangi, tinikligi, hidi va mazasi) va
kimyoviy tarkibining va xossalarining (reaktsiyasi o’zgaradi, organik va mineral qo’shimchalar miqdori
ortib, zaharli birikmalar paydo bo’lishi va boshkalar) o’zgarishini, suv yuzasida har xil moddalar suzib,
tagiga cho’kaverishi, suvning tarkibida kilorodning kamayib borishi, o’zini o’zi tozalash jarayonini,
yirik issik elektrostantsiyalarini issiq oqova suvlarni tashlash hamda suvda biogen moddalarni (azot,
fosfor, va boshq.) kelib ko’shilishi tushiniladi.
Inson va uning kundalik turmushida hosil bo’ladigan chiqindilarni quydagicha taqsimlash
mumkin:
-hovli va xonalarni supurganda hosil bo’ladigan xas va chiqitlar;
- ovqat qoldiqlari;
-kir va yuvindi suvlari;
-molxona, it, mushuk va shular kabi uy hayvonlarining chiqitlari;
- kishining hojati va siydigi;
-eskirgan
kiyim va latta-puttalar;
-remont chiqitlari;
-yaroqsiz buyum, idish va uy anjomlari.
Bu chiqindilar har bir kishi hisobiga kuniga 5-10 kilogrammdan 15-20 kilogrammgacha chiqishi
mumkin. Shu zaylda to’plangan chiqindi bir oyda yarim tonnani, bir yilda esa 7-8 tonnani tashkil etadi.
Bu demak 5-6 kishi yashaydigan xonadandagi chiqindi bir yilda 35-40 tonnani tashkil qiladi, degani.
Buncha miqdordagi chiqindini o’z holiga tashlab qo’yish uy atroflari va hovlini chiqindixonaga
aylantirish,degan gap. Bu hol nafaqat shu xonadandagi ko’rimsizlikga, balki shu oila a’zolarining
kasalliklariga ham sabab bo’ladi. Chunki, ana shu chiqindilar tarkibida ichburug’, icherlama, sariqning
A turi, salmonellalar, vabo kabi yuqumli oshqozon-ichak kasalliklarining, sil, qoqshol kabi o’ta xavfli
yuqumli kassalliklarining; exinokokk, teniarinxoz, enterobioz kabi gijja kasalliklarining mikroblari va
tuxumlari juda ko’p bo’ladi. Ular bu chiqindilarda nafaqat saqlanadi, balki uzoq vaqtgacha yashab,
ko’payadilar ham. Masalan; ichburug’ ichterlama, vabo kasalliklarining
tarqatuvchilari tuproqta va
ochiq suvlarda 2-3 oygacha yashaydi. Sariqning A turi virusi, sil, qoqshol hamda gijja kasalliklarning
tuxumlari esa bunday shariotlarda butun yil davomida yashaydi.
Bundan kurinib turibdiki, bunday hovlilarda yashagan oila a’zolar har doim biron bir yuqumli
kasalliklar bilan kassallanish xavfida yashaydilar va albatta bu shunday bo’ladiyam. Chiqindilar ichida
eng xavflisi kishi hojati hisoblonadi. Chunki, kishi hojati mohiyatan mikroblardan tashkil topgan.
Sababi, ichaklardagi, asosan yo’g’on ichakdagi ovqatlarni parchalanish jaraeni asosan mikroblar
ishtirokida bo’ladi. Bu vaqtda ular kishi organizmi uchun hech qanday zarar keltirmaydi. Aksincha ular
organizmning tarkibiy qismini tashkil etib, uning hayotiy jarayonlarida qatnashadi. Ularninig ayrimlari
vaziyat va sharoit o’zgarishi bilan zararli xususiyatlarni orttirib oladi va kishi organizmiga tushganda
kassallik chaqiradi. Masalan, ichak tayoqchasi deb ataluvchi mikrob shunday xususiyatga ega.