|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmuaekologik omillar
deyiladi. Muhit — quruqlik, suv, havo va
yer osti qismlaridan iborat.
Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud boʻlib,
bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan elementlar yoki omillardan yorugʻlik,
issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933-yilda
D.N.Kashkarov
muhit omillarini 3 guruh
(
iqlim, edafik va biotik
)ga boʻladi. Keyinchalik 1950-yilda
Alyoxin
ekologik omillarni
iqlim, edafik,
orografik, biotik, antropogen
va
tarixiy
guruhlarga ajratib oʻrganishni taklif qiladi.
Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi:
1.
Abiotik omillar
— anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi. Bularga
harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.
2.
Biotik omillar:
Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash
muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. Fitogen omillar deganda
yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa
organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda tutiladi.
3.
Antropogen omillar
— bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni odamlarning
oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan taʼsiridir.
Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi. Ana shu omillarning ayrim
organizmlarga koʻrsatgan taʼsiri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay
darajasi —
optimal daraja
deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi
maksimum
va eng quyi darajasi
minimum
boʻladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik
omilning oʻz maksimumi, minimumi va optimumi boʻladi. Chunonchi, uy pashshasi 7° dan 0° gacha
yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36—40°C ni tashkil etadi. Shuni ham
taʼkidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks taʼsir etgandagina ular yuqori natija
beradi.
Ekalogiya omillarning organizmlarga tasiri mavjud bo’lgan hayvonlar, o’smliklar hamda hayot
kechirayotgan boshqa organizmlar yoki jonzotlar sonini ko’pligi va geografik tarqalishiga bevosita
yoki bilvosita tasir ko’rsatuvchi har qanday tashqi omillarga bog’liq bo’ladi. O’z tabiatiga ko’ra,
shunigdek, tirik organizmlarga ko’rsatadigan tasiri boyicha ekalogik omillar juda xilma –xildir.
Abiotik omillar - bu notirik tabiat omillaridir. Bularga iqlim omillari, tuproq omillari va
topografik omillar kiradi.
Iqlim omillariga: quyosh nuri (yorug’lik), harorat, havo namligi.
Tuproq omillariga: tuproq xossalari, sho’rlik darajasi va boshqalar kiradi.
Topografik omillarga esa yerning joylashuvi, balandlik yoki qiyaliklari kiradi.
|
| |