• Generativ organlar (gul-meva-urug’)ning hosil bo’lib, o’simlikning ko’payish davri. 4. Qarish va o’lish
  •  O’simliklar rivojlanishining xilma-xilligi




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

     
    4. O’simliklar rivojlanishining xilma-xilligi 
    Gulli o’simliklarda ontogenez quyidagi davrlardan iborat bo’ladi: 
    1. 
    Embrional davr
    . Bu davrda mikro va makrogametalarning o’zaro qo’shilishidan hosil bo’lgan 
    zigotadan boshlanib, yangi urug’ hosil bo’lishi va uning to’liq pishib yetilishi bilan yakunlanadi. 
    2. 
    Yuvenil
    (yoshlik) davri. Bu davr yangi avlod urug’ining unib chiqib, uning vegetative 
    organlarining shakllanib, generativ organlar (gul kurtagi) paydo bo’lishi bilan tugaydi. 
    3. 
    Generativ organlar
    (gul-meva-urug’)ning hosil bo’lib, o’simlikning ko’payish davri. 
    4.
    Qarish va o’lish
    – ontogenezning yakunlanish davri.
    Yuqorida bayon etilgan o’simliklardagi ontogenez davrlari bir yillik hamda ikki yillik (monokarp)
    o’simliklarda faqat bir marta yuqoridagi tartibda namoyyon bo’ladi.
    Ko’pyillik (polikarp) o’simliklarda embrional va yuvenil davrlari bir marta sodir bo’ladi. 
    Generativ organlar (gul-meva-urug’)ning hosil bo’lish davri esa ko’p marta takrorlanadi.
    Ma’lumki, o‘simlik organizmining o‘sishi uning hajmi, o‘lchami, vaznining ortishiga va unda 
    yangi organlar ya’ni yangi barg, ildiz, novdalar hosil bo‘lishiga bog‘liq. O‘simliklarning o‘sishini 
    ularning rivojlanishi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Rivojlanishda o‘simliklarda muayyan hayot 


    qismini o‘tish va tuzilishida bir qancha yangi hosilalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bir qancha 
    morfologik va fiziologik o‘zgarishlar ro‘y beradi.
    Organizmlarning o‘sishi va rivojlanishi bir biriga chambarchas bog‘liq.O‘simliklarning normal 
    yashash sharoitida o‘sish va rivojlanish jarayonlari bir vaqtda o‘tadi. O‘simlik o‘lchamining 
    kattalashuvidan va yangi organlar paydo bo‘lishidan keyin ular ontogenezining g‘unchalash, gullash, 
    meva tugish fazalarini o‘tishi kerak. Zarur sharoit bo‘lmaganda esa o‘simlik shiddat bilan o‘sishi, ammo 
    sekin rivojlanishi yoki aksincha tez rivojlanib, sekin o‘sishi mumkin. Masalan, yorug‘lik rejimi normal 
    bo‘lmasa, o‘simlik novdalari kuchli o‘sadi, ammo gullamaydi va meva tugmaydi yoki dastlabki issiqlik 
    rejimi biroz o‘zgarsa, o‘simlik tez rivojlanadi, gullaydi va meva tugadi, ammo sekin o‘sadi. O‘sish va 
    rivojlanish jarayonlari o‘rtasida aniq chegara yo‘q. Ba’zan o‘simlik faqat o‘sayotgandek tuyo’ladi, 
    ammo bu davrda unda chuqur ichki o‘zgarishlar ham bo‘lib, u yangi rivojlanish fazasiga o‘tishga 
    tayyorlanayotgan bo‘ladi.
    Yuqori o‘simliklar ontogenezida, odatda o‘sish va rivojlanishning besh bosqichi yoki fazasi: 
    murtaklik, 
    ya’ni boshlang‘ich (dastlabki) yoshlik, 
    yetilish, ko‘payish va qarish
    fazalari farq qilinadi.
    Gulli o‘simliklarda murtaklik bosqichi urug‘ murtagining ichki rivojlanish davrini o‘z ichiga 
    oladi, bu davr tuxum hujayraning urug‘lanishidan boshlanib, murtakning unib chiqishigacha 
    davom etadi.
    Yuvenil
    - (yoshlik) bosqichi urug‘ murtagining unishidan boshlab o‘simlikda generativ organlar 
    boshlang‘ichi paydo bo‘lgunigacha o‘tgan davrdir. Bu davrda o‘simlikda asosiy vegetativ organlar poya, 
    barg, ildizlar shakllanadi va avlodlar shakliga xos morfologik belgilar hosil bo‘ladi.

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     O’simliklar rivojlanishining xilma-xilligi

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish