|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmua Ontogenez bosqichlari.
Invaginatsiya yo‘li bilan gastrulyasiyaning kechishida blastodermaning
bir qismi botadi va blastotsel torayib yangi bo‘shliq -
gastrotsel
hosil bo‘la boshlaydi. Botiqlik
boshlangan joyda hosil bo‘lgan teshik birlamchi og‘iz (blastopor) orqali gastrotsel atrof-muhit bilan
bog‘lanadi. Botiqlik qarama qarshi devorga taqalishi bilan blastotsel yo‘qoladi va barcha bo‘shliq
gastrotseldan iborat bo‘lib qoladi. Bu bo‘shliqni ikki
ichki
(endoderma) va
tashqi
(ektodyerma) qavat
o‘rab turadi. Blastopor yuqori va quyi lablarga ega. Gastrulyasiya immigratsiya yo‘li bilan sodir
bo‘lganda blastodermaning ayrim hujayralari ko‘chib blastotselga tushadi va bu hujayralar bo‘linish
jarayonida blastodermaning ichki yuzasiga o‘tirib, ichki qavat - entodyermani blastodermaning tashqi
hujayralari esa ektodyermani shakllantiradi. Immigratsiya bilan kechadigan gastrulyasiya ko‘pgina
kavakichaklilarga xosdir.
Delyaminatsiya blastoderma hujayralarinyang jadal bo‘linishi va hosila hujayralarning blastotsel
bo‘shlig‘iga siqilib chiqishi va hosila hujayralarning blastotsel bo‘shligiga siqilib chiqishi va
qo‘shimcha qavat - entodermaning vujudga keltirish bilan yuzaga chiqadi, tashqi qavat hujayralari
entoderma hujayralari bo‘lib qoladi.
To‘qimalarning hosil bo‘lishi –
gistogenez
hamda a’zolarning vujudga kelishi organogenez
embrional varaq hujayralarining marakkab o‘zaro ta’siri ularning siljishi, ko‘payishi, o‘sishi natijasida
ro‘y beradi. Organogenez jarayoni embrional rivojlanishning so‘ngidagina oxiriga etadi. A’zolarning
murakkablashishi, o‘sishi tug‘ilgandan keyin ham davom etadi. Endodermada murtakning uzunasi
bo‘ylab hujayra to‘plami vujudga kelib, undan ajraladi va xorda hosil qiladi. Xorda yuqori taraqqiya
etgan mavjudotlarda yo‘qolib ketadi. Ayrim xordalilarda u bir umr saqlanib qoladi. Mezodermaning o‘zi
ayrim qismlarga bo‘linadi. Segmentlashgan qismi somitlarga ajraladi. Somitlarga bo‘linish xorda va
nerv nayi hujayralarining induksion ta’siri natijasida ro‘y beradi. Mezoderma
sklerotom
,
dermatom
,
lenotom, nefrotom
va
splanxnatom
kabi somitlar hakozo.
Sklerotom suyaklar (umurtqa, qovurg‘a, kurak), dermotom teri, lenotom mushaklar, nefratom
ayiruv a’zolarini bunyod etadi. Splanxnatomning o‘zi 2 (ektodermaga qaragan pariotal va entodyerma
ichaknayi bilan chegaralangan visteral) varaqchaga ajralib, oralig‘ida ikkilamchi bo‘shliq – selom paydo
bo‘ladi. Splanxnatom ichki a’zolarini qoplovchi pardalarni hisil qiladi.
Entoderma ichak va sariqlik entodermasinn beradi. O‘z navbatida ichak entodermasidan
oshqozon-ichak yo‘li epiteliysi, yirik bezlar (jigar, oshqozon osti bezi), nafas a’zolari hamda ularning
hosila bezlari vujudga keladi. Embrional varaqlar, nerv nayi va xorda organizm qismlari hosil bo‘lishi
uchun manba tuzilmalar bo‘lganligidan ular murtakning o‘q (asosiy) a’zolari deyiladi
.
|
| |