O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

Yetilish
 
bosqichi generativ organlar shakllanib bo‘lishi va yangi murtak hosil bo‘lishi bilan 
harakterlanadi.
Jinsiy ko‘payish
 
bosqichi murtak hosil bo‘lishidan boshlanib, meva urug‘larning to‘liq pishib 
etilishigacha davom etadi. Meva berishdan butunlay to‘xtagan o‘simlik nobud bo‘lguncha qarish 
bosqichi davom etadi.
Bir yillik o‘simliklar ontogenezining barcha bosqichlarini bir yil davomida yoki bir vegetatsiya 
mavsumida o‘tib bo‘ladi. Ko‘p yillik o‘simliklarda murtaklik va bosqichlar hayot siklida bir marta 
bo‘ladi, jinsiy yetuklik va ko‘payish bosqichlari esa ko‘p takrorlanadi. Tashqi muhit omillari 
o‘simliklardagi o‘sish va rivojlanish jarayonlarining borishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Past yoki yuqori 
temperatura, turlicha yorug‘lik, mineral yoki havodan oziqlanish ta’sirida o‘simliklarning o‘sishi va 
rivojlanishi anchagina o‘zgarishi mumkin. 
Ba’zi o‘simliklar o‘z hayot siklini normal o‘tishi uchun rivojlanishning dastlabki bosqichlarida 
past temperaturani talab qilishi aniqlangan. Masalan, kuzgi bug‘doy urug‘i ishlov berilmay bahorda 
sepilsa, 
yaxshi 
unib 
chiqadi, 
normal 
tuplaydi, 
ammo 
poya 
chiqarmaydi 
va 
hosil 
bermaydi. 
Chunki 
bahorda sepilganda unib chiqayotgan urug‘larga muayyan vaqt 
past temperatura ta’sir etmaydi. Kuzgi bug‘doy urug‘i kuzda yoki qishda bir oz ungandan keyin, past 
temperatura ta’sir ettirib o‘sishdan to‘xtatilsa, bahorda unib chiqadi va bahorgi bug‘doy singari bir 
mavsumda boshoq tortishi aniqlangan. Nemis olimi 
G.Gassner
(1918) hatto lavlagi, 
karam, sabzi singari tipik ikki yillik o‘simliklar ham past temperatura ta’sirida o‘z rivojlanish 
jarayonini bir yilda tugallashi va etilgan urug‘ berishi mumkinligini isbotladi. Boshqa nemis olimi 
G.Klebs
(1918) tashqi muhitning muayyan omillari (temperatura va yorug‘lik rejimi) ta’sirida 
ko‘pgina o‘simliklarning rivojlanish siklini sun’iy yo‘l bilan tezlashtirish va to‘xtatib turish 
mumkinligini tajriba yo‘li bilan aniqladi.
O‘simliklarning urug‘iga yoki yosh maysalariga uzoq vaqt past temperatura ta’sir ettirib, ularning 
rivojlanishini tezlashtirish natijasida, kuzgi va ikki yillik o‘simliklar o‘z rivojlanish siklini bahorilar 
singari bir yilda tugallash jarayoni 

Download 7,63 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish