Sayyoramizda biosferaning ma’lum bir qisminn odamlar tashkil etadi va ular biosferadagi
jarayonlarga ta’snr qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Odam paydo bo‘lgunga qadar
biosferadagi jarayonlar o‘z-o‘zidan boshkarilgan, ya’ni kuchli hayvonlar kuchsizlari bilan, kuchsizlari
o‘simliklar bilan, o‘simliklar esa noorganik moddalar, "bilan, oziqlanganlar.
Biosferadagi bunday murakkab jarayonlar muvozanati odamning paydo bo‘lishi bilan buzila
boshladi. Chunki odam
o‘zining har hil
qurollari, texnikasi va kimyoviy moddalari tasirida, tabiatga
ta’sir ko‘rsata bordi. Dastlab odamning tabiatdagi ro’li unchalik yuqori bo‘lmagan. Keyinchalik
odamlar sonining ortishidi, bilan ularning biosferaga ta’sir kuchi orta bordi.
Bizning eramizdan taxminan 8 ming yil ilgari sayyoramiz aholisining soni, 5
:
mln, eramizning
boshlarida — 230 mln., 1650- yillarda 450 , 1800 yilda—906 mln, 1900- yilda 1 mlrd , 1950- yilda
2,5 mlrd,1960 -yilda 2 mlrd, 982-mln, 1964 -yilda 3 mlrd; 200-mln, 1974- yilda 4 mlrd atrofida,
1985 -yilda esa 5 mlrd.ni tashkil etgan. Odamlar sonining bunday tez ortishi biosferaga ta’sir qiluvchi
har xnl antropogen omillarning o‘sishiga olib keldi
.
Hozirgi vaqtga kelib inson Quruklikning 5%i dan foydalanmoqda. Yangi yerlarning
o‘zlashtirilishi, sug‘oriladigan yerlarning ko‘payishi natijasida ba’zi bir daryo
suvlarining mikdori bir
necha barobar kamayib ketdi, Amudaryo, Sirdaryo, Ural, Kuban, Donna boshqa daryolarning suvi 25 —
45% ga, ayrim ko‘l va dengnz suvlari esa keskin kamaydi, Sevin ko‘li suvining sathi 18 m ga,
Issikko‘lniki — 3 m ga, Orol dengiziniki esa 7—5 m ga pasaydi. Amyerikaning Kaliforniya
va Uilmiygton neft konlaridan ko‘plab mikdorda neft olish natijasida yerning yuza kavati ba’zi
joylarda 9 m gacha pastga cho‘kkan. Meksikada yer osti suvlarining ko‘p miqdorda tortib
chiqarilishi yer yuza qavatining 8 metrgacha cho‘knshiga olib keldi.
Insoniyat har yili 100-500 mln tonnaga yaqin sanoat chiqindilarini suvga tashlaydi, 800 mlrd.
tonna har xil metallarni eritadi; 300 mln. tonna mineral va 4 mln. tonna zaharli kimyovny moddalarni
dalalarga olib chikib to‘kadi. 23 mlrd. tonna is gazi,1 -mlrd. tonna boshka birikmalar bilan
atmosferani ifloslantiradi. Ba’zi bir, ma’lumotlarga 'karaganda 2000 yilga, borib bu ko‘rsatkichlar
4-5 martaga oshishi mumkin. Atom enyergiyasidan foydalannsh yer yuzasi haroratini oshishiga
sabab bo‘lmoqda. Tabiiy boyliklarning ko‘pchiligi tugash arafasida turibdi. Masalan, ko‘mirning dunyo
miqyosida to‘plangan mqqdori 100
yilgacha, temir rudalariniki — 500 yilga, kumush va alyuminiy,
ko‘rg‘oshin, platina, oltingugurt, simob mikdori esa 40—50 yilga etadi. Mis rudalari 200 yilga kelib
tamom bo‘ladi. Har yiliga 7 mlrd. tonna “yonilg‘i” yondiriladi. Bunday katta mikdordagi yoqilg‘ining
yondirilishi va unga qo’shimcha sezilarli darajada oshiradi. Bu esa Antarktida, Grenlandiya, Shimoliy
Muz okeanidagi abadiy muzliklarning erishiga olib keladi. Natijada judayam
katta mintaqalarda hosildor
yerlarsuv ostida qolib ketishi mumkin.
Odam yangi joylarni o‘zlashtira borishi; asta-sekinlik bilan yerda yashovchi organizmlarni siqib
chiqara boshlaydi. Bu esa juda ko‘p sonli xayvonlarning yo‘qolib ketishiga olib keladi. Hozirgi kunga
kelib sut emizuvchilarning 65, Qushlarning esa 140 turi yo‘qolib ketdi. Umurtqali hayvonlarning 600
ga yaqin turi esa yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Kitlar, xaltalilar, timsohlar, karkidonlar, begimotlar,
ko‘pgina yirtqich hayvonlar va boshqalarining soni keskin kamayib borayapti. Yaqin kelajakda bu
hayvonlarning turlari butunlay yo‘qolib ketishi mumkin.
Yer sharining aholisi har bir minutda 100 odamga ko‘paymoqda va 2000- yilga borib aholining.
umumiy soni — 6 mlrd. dan oshib ketdi. 2100 yilga kelib esa 34 mlrd. ga yetadi. Hozirgi kunda
sayyoramizda yashayotgan aholinn oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun 650x10
6
tonna
quruq modda ishlab chiqarilayapti. Ammo, aholining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlash
uchun 670x10
6
tonna ishlab chiqarish kerak. Oziq-ovqatning etishmasligi natijasida, har yili Yer sharida
1,5 mlrd. kishi to‘yib ovqatlanmaydi va ko‘pchiligi ochlikdan o‘lib ketadi.
Keyingi paytlarda suv va havo har xil zaharli moddalar bilan juda tez ifloslanmoqda. Birlashgan
Millatlar Tashkilotining (BMT) aniqlik kiritishicha, tegishli bo‘lmagan joyda, tegishli bo‘lmagan
vaqtda va tegishli bo‘lmagan miqdorda uchraydigan har bir modda atrof-muhitni
ifoloslantiruvchi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda atmosferada 9 mln tonna ifloslantiruvchi moddalar
saqlanib turibdi. 250 mln avtomobillar, 1 sutka davomida 0,5 tonnaga yaqin azot ikki oksidi va boshqa
har hil zaharli moddalarni atmosferaga chikaradi.
Har yili
:
atmosferaga 6 mlrd. tonna is gazi
chiqariladi. Keyingi 10 yil davomida is gazining havodagi mikdori 1 yilda 0,2% ga oshmoqda. Sanoat
va texnikaning keskin rivojlanishi natijasida havodagi kislorodnnng miqdori esa sezilarli darajada
kamaymoqda. Bitta avtomobil 100 km masofani bosib o‘tishi uchun ketadigan kislorodning miqdori bir
odamning yil davomidagi oladigan kislorodining mikdoriga teng. Har bir tonna yoqilgan ko‘mirga
ketgan kislorodning mikdori 10 ta odamning bir yil
davomida oladigan kislorod miqdoriga teng.
«Boing» samolyoti Parijdan Nyu-Yorkgacha uchganda esa 40 odamning bir yilda
oladigan kislorodi
miqdorini ishlatadi. Tovush tezligidan tez uchadigan samolyotlar uchganda chiqadigan chiqindilar,
stratosferadagi ozonni parchalamoqda va stratosferadagi ozon kavatining buzilishi xavfi tugamoqda.
Har xil ifloslanuvchi moddalar bilan suv havzalari juda ifloslanmoqda. «Nemis daryolari
qirg‘oqlarida,— deb yozadi: Bayer va Vaynichke — birorta ham maxsus cho‘miladigan joylar qolmadi.
Chunki bu daryolarda cho‘milish gigienik nuqtai nazardan qat’iyan man etiladi.
Ana shu olimlarning
bergan ma’lumotlariga
qaraganda, Yer sharining 85% aholisi, sog‘liq uchun zararli bo‘lgan suvlarni
iste’mol qilishar ekan. Chuchuk suv havzalarigina ifloslanmasdan dengiz suvlari ham ifloslanmoqda.
Har yili dengiz suvlariga 10 mln. tonnadan ko‘prok neft mahsulotlari tashlanadi. Dunyo okeanlari
yuzasini neft pardasi qoplamoqda. Buning natijasida, juda katta miqdordagi dengiz suv o‘tlari va
hayvonlarining kirilib ketish xavfi tug‘ilmoqda.Suv havzalarining ifloslanishidan har yili shu suv
havzalarida yashovchi qushlardan 250 mingga yaqini kirilib ketmoqda.
Atrof muhitni ifloslantiruvchi omillardan biri zahri qotillardir (pestitsidlar). Butun dunyo
sog‘likni saqlash tashkilotining (VOZ) bergan ma’lumotlariga qaraganda, bir yilda o‘rtacha 500 ming
kishi zahri qotillar bilan zaharlanadi va yiliga 21000 kishi halok bo‘ladi. Zararkunandalarga qarshi
kurashda bir xil pestitsidlarning uzoq yillar davomida ishlatilishi shu pestitsidlarga chidamli bo‘lgan
zararkunandalarnitsg ko‘payishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, g‘o‘za o‘simligida shunday
zararkunandalarning soni keskin oshib bormoqda. Ba’zi bir zahri qotillar tabiiy sharoitda umuman
parchalanmasdan atrof-muhitda uzok yillar davomida saklanib, hayvon, o‘simlik organizmini
surunkasiga zaharlab turadi. Masalan, insektitsid DDT uzoq yillar davomida tabiatda deyarli
parchalanmasdan tirik organizm to‘qimalarida to‘plana borib, shu organizmning halok bo‘lishiga olib
kelmoqda. Hozirgi paytda DDT ishlab chiqarilmaydi. Lekin 2000-yilga
kelib ham, biosfera bu
insektitsidning qoldivdaridan tozalanmasligi mumkin. Agar 25 yil davomida dunyo bo‘yicha 1,5 mln.
tonna DDT ishlab chiqarilgan bo‘lsa shundan 1 mln. tonnasi hanuzgacha tabiatda parchalanmasdan
saqlanib turibdi. Hozir har bir amerikalikning tana to‘qimalarida uning og‘irligining har bir
kilogrammiga 7 mg to‘g‘ri keladigan DDT bor. Zahri qotillarning zaharli ta’siridan tashqari mutagen
ta’siri ham bo‘lishi mumkin. Zahri qotillarning mutagen ta’siri natijasida ham somatik, ham jinsiy
hujayralarda mutatsiyalar sodir bo‘ladi. Zahri qotillar ta’siri DNK molekulasida
ancha vaqtdan keyin
mutatsiyaga aylana olishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar hosil qiladi. Bu o‘zgarishlar hujayralar va
organizmlarnnng birinchi, ikkinchi va xattoki undan keyingi avlodlarida mutatsiyaga aylanib, qar xil
irsiy kasallikni yuzaga chikarishi mumkin.