belgilanadi. Bunday nurlanish asosiy qismini atmosferaning yuqori qismida joylashkan ozon qatlami
tutib oladi. Infraqizil nurlar – issiqlik energiya manbai. Ammo uni inson va hayvonlar ko’ra olmaydi.
Ularni organizm to’qimalari juda yaxshi yutadi. Bu esa ularning qizishiga sabab boladi.
Quyosh energiyasi yorug’lik tartibi (rejimi)ni yaratadi va yerning aylanishi bilan bog’liq holda
yorug’lik tartibi aniq kunlik va mavsumiy davrilikka ega bo’ladi. Kecha va kunduzning ma’lum
davomiligining davriy ozgarishi natijasida organizmning yoritishning sutkalik tartibiga reaksiyasi
fotodavrilik
deyiladi. Yoritganlik darajasi ham juda katta amaliyotga ega o’smliklarning soyada yoki
yorug’lik tasirida o’sishi (sharoitlar)ga qarab bir necha guruhga ajratiladi. Masalan, kuznnig qisqa
kunlari boshlanishi bilanoq o’smliklarning moslashuv xususiyati o’zgaradi.
Harorat
- hayotiy jarayonlarni cheklovchi muhim omillardan biri. Organizmda barcha hayotiy
jarayonlarni belgilashda harorat asosiy omillardan biridir. Organizmlardagi moddalar almashinuvi
jarayonlarni normal o’tishi haroratga bog’liqdir.
Namlik
. Yerda barcha organizm mavjudligini va yashab qolishining zaruriy sharti suvning
borligidir. U hujayralar hayot faoliyatining barcha jarayonlarida nihoyatda muhim ro’l o’ynaydi. Zero,
suvsiz hayot bo’lmaydi. Namlik tushunchasi yomg’ir, suv, tuman, qor, qirov muz bilan bog’liq holda
tushuntiriladi
Tuproq
– yerning g’ovak, unimdor yuza qatlamidir. Tuproq ko’plab mikroorganizm va
hayvonlar uchun yashash muhiti hisoblanadi, shuningdek unda o’smliklarning ildizlari va
zamburug’larning giflari ildiz otadi. Tuproqda yashovchilar uchun uning tuzulishini kimyoviy tarkibi
namlik oziq moddalarning mavjudligi birinchi darajali omillar hisoblanadi.
Tuproqda
turli
osimliklardan
tashqari
bakteriyalar,
zamburuglar,
sodda
hayvonlar
chuvalchanglar, bo’g’imoyoqlilar va boshqalar keng tarqalgan.