nish otishi uchun 2-3 kun 5-10
o
C temperaturada saqlanadi. Nish otgandan keyin naviga qarab 0-2
o
C
temperaturada 35-50 kun saqlanadi. Bu davrda urug‘ murtagining o‘sish konusidagi meristema
hujayralarida tegishli fiziologik o‘zgarishlar bo‘lib, natijada o‘simlik ontogenezining keyingi
bosqichlarini gullash va meva tugishga tayyor holga keladi.
O‘simliklar hayot siklining normal o‘tishi uchun muayyan yorug‘lik rejimi bo‘lishi kerak,
bunday sharoit bo‘lmasa, ulardagi o‘sish va rivojlanish jarayonlari buzilishi mumkin. Masalan:
ko‘pgina o‘simliklar kun uzunligiga juda sezgir bo‘lib, sutkada yorug‘lik va qorong‘ulik
nisbatining o‘zgarishidan o‘sish va rivojlanishida keskin ta’sirlanadi. O‘simliklarning o‘sishi va
rivojlanishi uchun evolyutsiya yo‘li bilan kelib chiqqan zaruriyat – sutkaning yorug‘ va qorong‘i davri
o‘rtasidagi nisbatning ta’siri fotoperiodizm deb ataladi.
Kun uzunligiga bo‘lgan talabga ko‘ra barcha o‘simliklar 3 guruhga bo‘linadi: 1) qisqa kun; 2)
uzun kun; 3) neytral o‘simliklar.
Qisqa kun
o‘simliklariga ko‘pincha janubdan, tropik va subtropik mamlakatlardan kelib
chiqqan, janubiy kengliklarda qisqa kun sharoitida yashashga moslashgan o‘simliklar kiradi. Masalan:
g‘o‘za, oq jo‘xori, makkajo‘xori, tamaki, sholi, soya va boshqa ko‘p o‘simliklar kun qancha qisqa,
tun qancha uzun bo‘lsa, shunchalik tez gullaydi va hosilga kiradi. Agar qisqa kun o‘simliklari yozda
kun janubdagidan uzoqroq bo‘ladigan shimoliy rayonlarga ekilsa,yaxshi o‘sib, juda ko‘p yashil massa
chiqaradi, yomon gullaydi yoki butunlay gullamaydi va etilib ulgurmaydi, shuning uchun janub
o‘simliklari (makkajo‘xori va kungaboqar) ancha shimoliy rayonlarda silos sifatida ahamiyatga ega.
Uzun kun
o‘simliklariga, asosan, shimoldan kelib chiqqan, shimoliy kengliklarda uzun kun
sharoitida yashashga moslashgan turlar (bug‘doy,arpa, redeska, ko‘knor va boshqalar) kiradi. Janubiy
viloyatlarda sutkaning yorug‘ vaqti uzaytirilganda bu o‘simliklarning gullashi va etilishi tezlashadi
(buning uchun ular elektr nuri bilan qo‘shimcha yoritiladi). Aksincha, o‘simliklarni yorug‘
o‘tkazmaydigan biror material bilan to‘sib, ularning vegetativ o‘sish siklini uzaytirish va
gullash hamda hosilga kirishini to‘xtatish mumkin. Hozirgi vaqtda parnik va issiqxona xo‘jaliklarida
o‘simliklarning rivojlanishini tezlatish uchun ko‘chat etishtirish yoki sabzavot ekinlari ekishda
sutkaning yorug‘ vaqtini sun’iy ravishda qisqartirish yoki uzaytirish ishi qo‘llanadi.