|
Biosferaning kimyovny moddalar va ionlashuvchi nurlar bilan ifloslanishi irsiy jihatdanBog'liq biologiya majmuaBiosferaning kimyovny moddalar va ionlashuvchi nurlar bilan ifloslanishi irsiy jihatdan
ko‘plab mayib va majrux bolalar tug‘ilishini ko‘paytirmoqda. Biosferada kansyerogen moddalarning
ko‘payishi esa yomon sifatli o‘sma (rak) kasalliklarini paydo qilmokda.
Tibbiyotda antibiotiklarni keng miqyosda ko‘llash esa antibiotik dorilar ta’siriga chidamli
bo‘lgan mikroorganizmlarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu esa yuqumli kasalliklarni
davolashda ko‘p qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. YUkoridagilardan ko‘rinib turibdiki ilmiy texnika
taraqkiyotining ijobiy tomonlari bilan bir katorda biosferaga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy tomonlari ham
ko‘p ekan. Ilmiy texnika taraqqiyoti asoratlarini yo‘qotishi borasida butun insoniyat va olimlarimiz
oldida
juda katta vazifalar turibdi.
Hozir biosferaning ong va tafakkur doirasi — noosferaga aylantirish jarayoni borayapti.
«Noosfera» tushunchasi fanga fransuz filosofi, E.Lerua tomonidan kiritildi. No o s f e r a — bu jamiyat
bilan odam o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning oqilona boshqarilishi, ya’ni biosfera rivojlanishining
yangi bir bosqichidir. Hozir stixiyali biologik omillar bilan boshqariladigan evolyutsiyadan (biogenez
bosqichdan) odam ongi bilan boshqariladigan evolyutsiyaga (noogenez bosqichga) o‘tish kuzatilyapti.
Bu biosfera rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi bo‘lib, bunda biosfera albatta noosferaga aylanishi,
organik evolyutsiya esa n o o g e n e z yo‘lida borishi kerak. Biz judayam mukammal texnika yordamnda
tabiatdagi odamning buzg‘unchilik faoliyatini butunlay yo‘qotishimiz kerak.
Nazorat savollari
1.
Ekologik omil deganda nimani tushunasiz
2.
Ekologik omillar qanday guruhlarga bo’lish mumkin.
3.
Ekologik omillarning minimum va maksimu
4.
Atrof-mumit omillarining inson organizmiga ta’siri qanday?
5.
Atrof-muhit havosi qanday gazlar bilan ko’proq ifloslanmoqda?
6.
Zaharli gazlar inson organizmiga qanday kasalliklarni keltirib chiqarmoqda?
7.
Biosferaga insonning ta’siri qachondan boshlangan?
8.
Pestidsidlarning biosferaga va inson organizmiga ta’siri qanday?
|
| |