nuqsonga sabab bo‘lmaydi. Organizmning genotipi uning moslanish imkoniyatlarini va tashqi
omillarga javoban reaksiya normasini belgilab beradi.
Organizm barcha belgilarining yig’indisi genotipda kodlashtirilgan irsiy axborot
tuzilishiga va uning ifodalanish (ekspressiya) darajasiga bog’liq bo’ladi. Genotipdagi
mutatsiyalar yoki o‘zgarishlar neytral bo’lib, aksariyat hollarda, organizmlar fenotipik
o‘zgarishiga olib kelmaydi. Biroq, genotipdagi
“ma’noga ega”
genlar (ya’ni oqsil strukturasi
o‘zgarishi bilan aloqador) o‘zgarishlar genotipni buzilishiga olib kelib, turli nuqsonlar keltirib
chiqaradi. Genotipdagi “ma’noga ega” bo’lgan mutatsiyalar sonini neytral mutatsiyalar
soniga nisbati organizm genotipini o‘zgaruvchanlik darajasini ko‘rsatadi.
Irsiyatning moddiy asosi bo’lib bo’linish jarayonida qiz hujayralarga taqsimlanish
xususiyatiga ega bo’lgan hujayra yadrosining maxsus tuzilmasi —
xromosomalar
hisoblanadi.
Xromosomalar asosiy genetik tuzilmalar bo’lib, avloddan-avlodga o‘tish jarayonlarini
ta’minlash uchun barcha zarur irsiy axborotga ega. Hujayra bo‘linish davrida
xromosomalar aynan o‘ziga o‘xshash xromosomalarni hosil qiladi. Xromosoma chiziqli
tartibda joylashgan genlarning tuzilishi bo‘lib, irsiy axborotni saqlash va o‘tkazish funksiyasini
bajaradi.
Organizmning umumiy holati, uning anatomik, morfologik tuzilishi, fiziologik,
biokimyoviy xususiyatlari genlarning bir-biri bilan hamda genotipning tashqi muhit
omillari bilan o‘zaro aloqasining natijasi hisoblanadi.
Genetika fanida tirik organizmlarning irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganishda asosiy usul