seleksiya fanlarining rivojlanishida angliyalik olim
Ch. Darvinning
(1809-1882) organik
olamning rivojlanishi to’grisidagi
evolyutsion ta’limoti
muhim ahamiyatga ega. Darvingacha
bo’lgan davrda fan K. Linney (1707-1779) va J. Kyuv’e (1768-1832) ta’limoti asosida
rivojlandi. Ularning ta’limotida o’lik va tirik tabiat o’zgarmas, o’simlik va hayvonlar avval
qanday bo’lsa doimiy shunday bo’ladi, deyilgan.
Ch. Darvinning 1859-yilda nashr etilgan «
Turlarning kelib chiqishi
» nomli asari bu
savollarga anchagina javob beradi. Darvin bu asarida turlar doimiy o’zgarmas degan g’oyaga
barham berdi. U bu asarida irsiyat va o’zgaruvchanlik tufayli tashqi sharoit ta’sirida bir
necha shakldagi organizmlar vujudga kelishini isbotlab berdi.
Darvin irsiyat, o’zgaruvchanlik va tanlashning (tabiiy, sun’iy) evolyutsiya faktorlari
sifatidagi ahamiyatini ko’rsatib berdi. Uning ta’rificha, sifatlar vujudga kelsa, irsiyat bu
xususiyatlarni avlodlarga mustahkamlaydi, tabiiy tanlanish esa ma’lum sharoitga
moslanishni vujudga keltiradi, natijada foydali o’zgaruvchanlikka ega bo’lgan organizmlar
yashaydi, aks holdagilari nobud bo’ladi.
Genetikaning fan sifatida vujudga kelishiga somatik va jinsiy hujayralarning
xususiyatlarini o‘rganishdagi yutuqlar yordam berdi. Genetikaning fan sifatida
shakllanishida sitologiya, embriologiya, biokimyo sohasida olib borilgan tadqiqotlar muhim
ahamiyatga ega bo’ldi.
Genetika fanini alohida fan sifatida yuzaga kelishida biologiya fanida ochilgan yirik
kashfiyotlar ta’sir ko‘rsatdi. Shuning uchun genetika fanning rivojlanish tarixi uch davrga
bo‘linadi.
Genetika rivojlanishining