Insonning faoliyati tufayli er yuzada ko’plab o’simlik va hayvon turlari yoqolib ketdi. Antropogen
omillar - bu inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan omillar, ya’ni odamlarning o’simlik va hayvon turlari
yoki ular guruhlarining tuzilishiga ko’rsatgan ta’siridir.
Million – million yillar davomida shakillanib, tarkib topgan dunyo manzarasini inson bir necha
on yilliklar davomnda beqiyos darajada ozgartirib yuboradi.
Ekologik omillarni o’rganish sohasida
Yu.Libix
ko’p tajribalar o’tkazdi. Uning yozishicha
(1840) ekinlarning hosildorligi ko’pincha ular uchun ko’p kerak bo’lgan elementlar (SO
2
yoki N
2
O)
bilan cheklanmaydi, aksincha tuproqda kam uchraydigan va o’simliklar uchun juda kam miqdorda
kerak bo’lgan elementlar bilan cheklanadi. Demak, o’simliklarning o’sishi tuproq tarkibida minimum
miqdorda uchraydigan elementga (masalan, rux) bog’liq degan xulosa
Libixning
"Minimum qonuni"
deb yuritiladi. Libixning ko’rsatishicha u yoki bu omillarning yetishmasligigina emas, balki issiqlik,
yorug’lik va suv kabi omillarning ortiqchaligi ham cheklovchi omil bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Tirik organizmlarga juda ko’p omillar ta’sir ko’rsatadi. Ana shu omillarning ayrim
organizmlarga ko’rsatgan ta’siri natijasi esa xilma-xildir.
Bu omillarning birortasi o’z vaqtida bo’lmasa
yoki yetishmasa organizmlarning normal o’sishi va rivojlanishi tugal o’tmaydi.
Demak, ekologik omillarning har biri organizm uchun zarur bo’lib, ularning birini ikkinchisi
almashtira olmaydi. Shu sababli ekologik omillar organizm hayotida bir xil ahamiyatga egadir.
Chunonchi, o’simliklar hayotidan misol keltirsak, g’o’zani o’stirish va parvarish qilishda o’g’it
bermasdan faqat suv berish bilan g’o’zani to’la rivojlantirib bo’lmaydi. Yoki buning aksi ham xuddi
shunday natijalarga olib keladi.