Bevosita rivojlanishda tuxumdan chiqqan yoki yangi tug‘ilgan organizm ko‘rinishi jihatidan ona
organizimiga o‘xshaydi va faqatgina ayrim azolarining etishmasligi, kichikligi, tana qismlarining
unchalik mutonosib bo‘lmasligi bilan farqlanadi, asta-sekin o‘sib borishi bilan ona organizimi to‘la
qiyofasiga ega bo‘ladi. Masalan: odam va sut emizuvchilarda, qushlarda, sudralib yuruvchilarda va
ayrim quyi tabaqa mavjudotlarlarda liginkosiz va bachodanda rivojlanish ro‘y beradi. Bilvosita
rivojlanish metamorfoza, yani shaklini o‘zgargirish, lichinka hosil qilish bilan ro‘y beradi. Lichinka o‘z
shakliga, ichki tuzilishiga va yashash tarziga ko‘ra etuk organizimdan keskin farqlanadi. Ona organizmi
qiyofasiga o‘tish ko‘pgina o‘zgarishlar (metamorfoza) orqali sodir bo‘ladi. Metamorfoza ko‘pgina
umurtqasizlar, anfibnyalar uchun xosdir.
Ontogenez jarayoni 2 bosqichga bo‘linadi;
prenatal (tug‘ilishidan avval) va
postnatal (tug‘ilgandan so‘ng). Prenatal bosqich o‘z navbatida ikki davrdan iborat:
1. Proembrional (progenez) davr jinsiy hujayralar va ularning rivojlanishini o‘z ichiga oladi.
2. Embrional davr jinsiy hujayralar urug‘lashib, zigota hosil bo‘lishidan boshlab, to yangi
avlodni bunyodga kelishidan iborat.
Ontogenez haqidagi ta’limotning rivojlanish jarayonida asosan ikkita bir-biriga zid bo‘lgan
qarash
preformizm va
epigenez uzoq muddat kurashib kelgan.
Preformizmga ko‘ra yangi avlodning shakllanishida hech qanday rivojlanish jarayonlari ro‘y
bermay, balki azaldan jinsiy hujayrada jo bo‘lgan o‘ta mayda individning tuxum hujayrasi oziqlantirishi
bilan yoki aksincha tuxum hujayrasidagi mikroindividning spyerma tasirida o‘sishi, yani mavjudot azo
va belgilarning takomillashishi natijasi ekanligi tushuntiriladi. Bunday dunyoqarash o‘z zamonasi uchun
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi, yani organizmlar ko‘payishida jinsiy hujayralarning o‘rni borligi haqida
turg‘un fikr yuzaga keldi.
Epigenezga binoan organizm har doim yangidan gemogen, strukturasi massadan rivojlanadi.
Epigenez ham mitofizik dunyo qarashicha talqin etilgan yo‘nalish bo‘lsada, o‘zicha progressiv bo‘lib,
rivojlanish taraqqiyoi tan olinadi.