uzoqlashib, kelsa uzoqlashgan to‘daning har birida o‘lar holicha maydalash davom etadi va har bir to‘da
alohida organizmni hosil qiladi, natijada bir tuxumli egizaklar vujudga keladi.
Gastrulyasiya
. Gastrulyasiya jarayoni murakkab bo‘lib, blastula hujayralarini siljishi va o‘zaro
tasiri natijasida ikki qavatli murtak hosil qiladi. Bu qavatlar entodyerma va entodyerma-embrional
varaqlar bo‘lib, ulardan uchinchi embrional varaq-mezoderma bunyodga keladi.
Gastrulyasiyani 4 tipi tafovut etiladi:
1. Invaginatsiya (botib kirish);
2. Epiboliya (o‘rab ketishi);
3. Immigratsiya (ko‘chib o‘rnashish);
4. Delyaminatsiya (qatlamlarga ajralish).
Hayvonlarda gametogenez.
Hayvonlarda jinsiy hujayralar xuddi somatik hujayralardek
embrional hujayralardan rivojlanadi. Murtak hujayralaridan bora-bora jinsiy bezlar va jinsiy
hujayralar taraqqiy qiladi.
Ko‘payish
bosqichida
murtak hujayralari bir necha bor orqali bo‘linib gonial hujayralarni -
goniylarni
hosil qiladi. Oldiniga ular ikkala jins organizmlarda o‘xshash bo’lsada, keyinchalik
tabaqalanib, erkaklarda
spermatagoniy
, urg‘ochi organizmlarda
oogoniyga
ajraladi.
Spermatogenez.
Urug‘dondagi maxsus to‘qima oldin yo‘li bilan bir necha marota bo‘linib,
o‘lchamlari kichraygan spermatogoniylarni hosil etadi. Shundan so‘ng