|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmuac)
paxinema
bosqichida xromosoma iplari eng ko‘p buralib, ular yo’g‘onlashadi. Birlashgan
gomologik xromosomalarning iplari 4 ta xromatidadan iborat bo’ladi. Bunga
tetrada
deyiladi.
Xromosomalar yaxshi ko’rinib 2 ta sentromera bilan birikib turadi. Paxinemada kon’yugatsiyalanuvchi
gomologik xromosomalarning xromatidalari o‘rtasida o‘xshash qismlarning o‘zaro almashinishi sodir
bo‘ladi. Bu jarayon
krossingover
deyiladi. Natijada xromosomalardagi genlarning joylashish tartibi
va o‘rni o‘zgaradi.
d)
diplonema
bosqichida zigonema bosqchiga teskari hodisa ro’y beradi, ya’ni xromosomalar bir-
biridan ajrala boshlaydi. Keyinchalik Gomologik xromosomalar odatda uchki qismi (sentromera) bilan
bir-biridan ajrala boshlaydi va natijada X ga o‘xshash shakllari hosil bo‘ladi. Bu holat
xiazma
deyiladi. Xiazmalar soni gomo-logik xromosoma uchlarini harakatlanishi tufayli asta-sekin
kamayadi.
e)
diakinezda
bosqichida gomologik xromosomalar spirallashishi hisobiga qisqarib,
yo‘g‘onlashadi. Bivalentlar soni gaploidga aylanadi. Bu bosqichda yadro qobigi va yadrocha yerib
ketadi va
axromatin iplari
hosil bo’ladi. Shu bilan profaza I bosqichi tugaydi.
Metafaza I
da xromosomalar o‘z sentromyerlari bilan birgalikda ekvatorda to‘g‘ri chiziq
bo‘ylab joylashadi.
Anafaza I
da gomologik xromosomalar xromatidalarga ajralgan holda qarama-qarshi
qutblarga tarqaladi. Oqibatda qiz hujayralarning yadrosida xromosomalar soni teng ikki hissaga
kamayadi. Har bir juftdagi ota va ona xromosomalari istalgan qutblarga teng imkoniyatlarda tarqalishi
mumkin.
Reduksion bo‘linishning keyingi fazasi
telofaza I
bo‘lib, u qisqa vaqt davom etadi. Bu
bosqichda xromatinlarning despirallashishi, yadro qobig’i hosil bo‘ladi. Telofaza I dan so‘ng doima
ham sitokinez ya’ni sitoplazmaning bo‘linishi ro‘y beravyermaydi. Ba’zan bu jarayon meyozning
ikkinchi bo‘linishidan so‘ng amalga oshadi.
|
| |