qatnashadi, lekin u bilan qo‘shilmaydi. Natijada urug’lanish ro’y bermaydi, spermatozoid yemiriladi
yoki tuxum hujayrani faollashtiradi, rivojlantiradi. Bunga
yolg`on urug’lanish
deyiladi. Sun’iy
ginogenez - rengent nurlarini ta’sir ettirish orqali amalga oshadi. Ginogenez gyermafrodit
yumaloq
chuvalchanglarda
, baliqlardan - kumushsimon
karas baligida
kuzatilgan. Ginogenezda murtak
urg‘ochi organizm yadrosidan hosil qilinadi.
Haqiqiy (normal) urug’lanish
partenogenez
androgenez
ginogenez
17-rasm.
Jinsiy ko’payishning har xil tiplari
C)
Androgenez ko’payish
- bunda ginogenezga teskari jarayon bo’ladi, ya’ni zigota yoki murtak
erkak jinsiy hujayra, ya’ni spermatozoid yadrosi hisobiga hosil bo’ladi. Tuxum hujayra ishtirok etmaydi.
Tuxum hujayra yadrosi nobud bo’ladi va uning sitoplazmasiga 1 yoki 2 ta spermatozoid kiradi. 1 ta
spermatozoid kirsa
aimton
bo’ladi, hatto halok bo’ladi. 2 ta spermatozoid kirsa
zigota
diploid
xromosoma to’pllarniga ega bo’ladi va normal rivojlanadi. Ba’zan tuxum hujayra sitoplazmasiga 2 xil
organizm spermatozoidi kirib qolishi va yadrolari qo’shiladi. Buni
poliandriya
deyiladi. Bunday
xromosoma to‘pllarniga ega zigotalardan rivojlangan organizmda faqat ota organizm belgilari
namoyon bo’ladi.
Ko‘payishning androgenez usuli
A.Astaurov
(1937 yilda) tomonidan kashf etilgan. U ipak qurti
tuxum hujayrasining yadrosini harorat ta’sirida nobud qilib, uni sun’iy urug‘lantirgan. Natijada
hujayraning sitoplazmasi ona hujayraniki, yadrosi esa ota hujayraniki bo‘lib qolgan. Shu zigotadan
erkak organizm rivojlangan.
Androgenez genetikada belgilarning ota yoki onaga bog‘liqligini hamda sitoplazmaning
belgilari yuzaga chiqishdagi rolini aniqlashda muhim usul hisoblanadi.
Partenogenez, ginogenezdan rivojlangan organizmdan odatda urg‘ochi, androgenezdan esa erkak
jinsga mansub organizmlar yetishadi.