O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

Konyugatsiya
– bakteriya, infuzoriylarga xos bo‘lgan ko‘payish usulidir. Odatda, kiprikli sodda 
hayvonlar oddiy bo‘linish bilan ko‘payadi. Bunday ko‘payishlardan keyingi jinsiy ko‘payish – 
kon’yugatsiya sodir bo‘ladi. Ma’lumki, infuzoriylarda makro va mikronukleolalar mavjud. 
Konyugatsiya boshlanganda ikki hujayra o‘ta yaqinlashadi – hujayralararo tutashtiruvchi tortma hosil 
bo‘ladi. Yadrolarda murakkab jarayonlar, ya’ni makronukleusning yo‘qolishi, mikronukleusning 
bo‘linishi hamda oxirida undan ikkita yadroning shakllanishi ro‘y beradi. Mana shu yadrolarning biri 
harakatchan, ikkinchisi turg‘undir. Harakatchan yadrolar hujayralararo almashadi. Turg‘un yadro bilan 
harakatchan yadro qo‘shiladi – 
sinkarion
ro‘y beradi va boshqacha sifatga ega bo‘lgan yangilangan 
yadro hosil bo‘ladi. Ushbu yadrodagi o‘zgarishlar nihoyasida har bir hujayrada yana makro va 
mikronukleus shakllanadi. Infuzoriylar bir-biridan ajraladi. Konyugatsiya jarayoni bakteriyalar uchun 
ham xosdir. Jinslashgan ikki bakteriyaning sitoplazmatik tutashtnruvchi tortmasn orqali asosiy genetik 


matyeriali nukleoidga yopishib joylashgan DNK bir hujayradan, ikkinchisiga o‘tadi va uning 
xususiyatini shu DNK asos ravishda o‘zgartiradi. Jinsiy ko‘payishda erkak va urg‘ochi jinsga mansub, 
gaploid xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan hujayralar o‘zaro qo‘shiladi. Bunday ko‘payish – 
gametogamiya evolyutsiya taraqqiyoti davomida murakkablashib borgan. Gametogamiyaning ikki 
shakli tafovut etiladi: Kopulyasiyali va kopulyasiyasiz gametogamiya. Jinsiy ko‘payishning kopulyasiya 
bilan kechadigan xili jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishi va ularning qo‘shilib, yangi sifatli hujayra – 
zigotaning hosil bo‘lishi bilan ro‘y beradi. Evolyutsiya taraqqiyoti jarayonida urg‘ochi va erkak jinsiga 
mansub hujayralararo farqlanish kuchayib boradi. O‘z navbatida kopulyasiya bilan ro‘y beruvchi 
gametogamiyaning 3 xili: 
izogamiya, getyerogamiya va oogamiya
tafovut qilinadi. 
Izogamiya
da hosil bo‘lgan jinsiy hujayra katta-kichikligi va shakliga ko‘ra bir-biridan 
farqlanmaydi. Bu usulda ayrim bir hujayralilar (xlamidomanada va b.) ko‘payadi. Ulardan hosil bo‘lgan 
gaploid xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan izogameta 2 ta xivchinga ega bo‘ladi. Xuddi shunday 
hujayralarning qo‘shilishi natijasida zigota hosil bo‘ladi.
Anizogamiya
bir qator suv o‘tlari va xivchinlilarga xosdir. Ularda ikki xil: harakatchanroq, 
mayda gametalar – mikrogameta va harakati sust, yirikroq – makrogameta hosil bo‘ladi. Bu gametalar 
xivchinlarga egadir. Shunday qilib ilk bor bir-biridan farqlanuvchi jinsiy hujayralar paydo bo‘ladi. 
Ayrim organizmlarda katta va kichik gametalar hamda ikkita kichik gameta o‘zaro qo‘shilishi ham 
mumkin. Demak, bu organizmda anizogamiya bilan bir qatorda izogamiya ham saqlanib qoladi. Boshqa 
xivchinlilarda makro va mikrogametagina qo‘shiladi va anizogamiya ro‘y beradi. 
Oogamiya
— kopulyasiya bilan bo‘ladigan gametogamiyaning eng yuqori shakli. Bir gameta yirik
harakat tuzilmasiga ega emas. Bu urg‘ochi gameta, ya’ni tuxum hujayradir. Ikkinchi gameta esa mayda, 
harakatlantiruvchi hivchinga ega – bu erkak jinsiy hujayrasi – spermatozoiddir. Oogamiyada jinsiy 
hujayralar maxsus a’zolarda (hayvonlarda urug‘don va tuxumdonlarda) hosil bo‘ladi. Ko‘pgina 
o‘simliklar va deyarli barcha hayvonlar oogamiya yo‘li bilan ko‘payadi. Kopulyasiyasiz gametogamiya 
kam uchraydi.
O’simlik va hayvonlarning urug’lanib ko’payishiga 

Download 7,63 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish