Oraliq formalar. Tuzilishiga ko‘ra turli sinf belgilarini o‘zida birlashtirgan organizmlar
oraliq formalar deyiladi. Devon davrida yashagan panja qanotli baliqlar, baliqchar bilan suvda ham
quruqlikda yashovchilar orasida oraliq forma sanaladi. Arxeoptyeriks sudralib yuruvchilar bilan
qushlar o‘rtasidagi oraliq formadir. Tyeropsidlarning ba’zi vakillari sudralib yuruvchilar bilan sut
emizuvchilar orasidagi oraliq forma hisoblanadi. Urug‘li patyurotniklar esa paporotniklar bilan ochiq
urug‘li o‘simliklar orasidagi oraliq formadir. Oraliq formalarning mavjudligi ham organik dunyo
tarixiy jarayonda o‘zgara borganligini ko‘rsatuvchi ishonchli dalildir (1-rasm).
1-rasm Oraliq formalar: 1-ixtiosega, 2-arxeopteriks, 4-terapsid
Nazorat savollar. 1.
Yerda hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risida Koatservat va genetik gipotezalarini ayting?
2.
Hayotning paydo bo’lishida to’g’risiga Volkenshteyin fikrlarini izohlang?
3.
Biogenezning asosiy bosqichlarini izohlang?
4.
Biogenez bosqichlarini modellashtirishda kimlar tomonidan qanday tajribalar o’tkazilgan.
5.
I.Oparin va Xoldeyin tajribalarining mohiyatini izohlang?
6.
Yerda hayot rivojlanishining asosiy bosqichlari qanday o’rganiladi?
7.
Arxey va protyerozoy eralarida biosferada qanday jarayonlar sodir bo’lgan?
8.
Paleozoy erasida qanday jarayonlar bo’lganligini tushuntiring?
9.
Mezozoy va kaynazoy eralarida haot qanday ko’rinishda bo’lganini tushuntiring?
10.
Oraliq formalar deganda nimalar tushuniladi? Misollar keltiring.
4-MA’RUZA. Mavzu: Organizmlarning ko‘payishi va individual rivojlanishi Reja: 1. Organizmlarning ko‘payish xillari.
2. Gametogenezda meyotik bo’linish va uning biologik ahamiyati
3.
Ontogenez va filogenez haqida tushuncha. Ontogenez tiplari va bosqichlari
4. O’simliklar o’sishi va rivojlanishining xilma-xilligi.