|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmuaBo'r davrida
sodda hayvonlar—foraminiferalar chig'anoqlaridan ko'plab bo'r qatlami hosil
bo'lgan. Bu davrga kelib,
Golenkin
mulohazasiga ko'ra, yerda qandaydir yirik o'zgarishlar sodir bo'lib,
ular atmosferadagi qalin bulut qatlamini parchalab yuborgan va quyosh nurlari o'simlik barglariga
bevosita tushadigan bo'lib qolgan. Ochiq urug'li o'simliklar o'zgargan sharoitga moslasha olmagan va
ko'plab nobud bo'lgan. Aksincha, yopiq urug'li o'simliklar bunday sharoitda birmuncha yaxshi
rivojlangan. Biroq Golenkin mulohazalarini tasdiqlovchi birorta ham dalil yo'q. Yopiqurug'hlarning
o'sha davrda paydo bo'lgan vakillari — terak, tol, eman, evkalipt, palmalar hozirgacha yashab
kelmoqda. Bu davrda dinozavrlarning xuddi tuyaqushlarga o'xshash, orqa oyoqda yuradigan yangi
formalari vujudga kelgan, sudralib yuruvchilarning himoyalanishi ikki yo'nalishda borgan. Birinchi
yo'nalishda ularning tanasi bahaybat qiyofaga kirgan. Ikkinchi yo'nalishda esa himoya organlari —
shoxlar va suyakli zirhlari ham bo'lgan. Ba’zi o'txo'r dinazavrlar nosoroglarga o'xshash bo'lgan.
Uchuvchi kaltakesaklar ham xilma-xil bo'lib, ba’zilarining qanoti
8
metrga yetgan. Qushlar og'zida hali
tishlar saqlangan. Boshqa belgilari bilan ular hozirgi qushlardan farq qilmagan. Chamasi, yoidoshh
sutemizuvchilar bo‘r davrida vujudga kelgan bo’lishi kerak. Sudralib yuruvchilarning tuxumi
rivojlanishi uchun ma’lum temperatura kerak. Tana temperaturasining doimiy emasligi, tuxum bilan
ko‘payish sudralib yuruvchilarning shimoliy o’lkalarga tarqalishini cheklab qo‘ygan. Sutemizuvchilar
tana temperaturasining doimiyligi, tirik tugish ular sudralib yuruvchilarga nisbatan o'zgargan muhit
sharoitiga ko‘proq moslanishiga sabab bo’lgan. Bu holat kaynozoy erasida sudralib yuruvchilar o‘rniga
sutemizuvchilar hukmron bo’lishiga imkon bergan.
Hasharotlar keng tarqalishi bilan yopiq urug’li o‘simliklarning ba’zilari hasharotlar yordamida
changlana boshlagan. Bo‘r davrinnng oxiriga kelib, yangi tog’lar hosil bo’lishi jarayonlari ro‘y bergan
va Alp, Himolay kabi tog‘ tizmalari hosil bo’lgan. Iqlim o’ta kontinentallashib, soviy boshlagan.
Dengizlardagi ammonitlar, belemnitlar va ular bilan oziqlanuvchi yirtqich kaltakesaklar —
pleziozavrlar va ixtiozavrlar qirilib ketgan. Quruqlikda o‘txo'r dinazavrlar uchun oziq hisoblangan
suvga yaqin o‘simliklar yoppasiga qirila boshlagan. Oqibatda o‘txo‘r dinazavrlar va ular oziqlanuvchi
yirtqich dinazavrlar nobud bo’lgan. Sudralib yuruvchilardan ekvatorga yaqin joylarda faqat timsohlar,
toshbaqalar va gattyeriya kabi yirik formalar saqlanib qolgan. Ularning boshqa yashab qolgan
formalari (ilonlar, kaltakesaklar) unchalik katta boimagan.
Mezozoy erasida sudralib yuruvchilarning xilma-xil sharoitga moslanishi idioadaptatsiya
yo’nalialishida bo’lgan. Natijada ixtiozavrlar, pleziozavrlar, uchar kaltakesaklar va qumqlikda
yashovchi dinazavrlarning o‘txo’r, yirtqich formalari va boshqa organizmlar guruhi paydo bo’lgan. Bu
eradagi aromorfoz o‘zgarishlarga qushlar, sutemizuvchilar hamda gulli o‘simliklaming vujudga
kelishini kiritish mumkin. Qushlarning rivojlanishi bosh miya, sezuv organlari, o‘pkalar
takomillashishi, bronx va alveolalar sonining ortishi, 4 kamerali yurakning rivojlanishi, pat, parning
paydo bo’lishi bilan uzviy bog’liqdir. Bu o‘zgarishlar qushlarning tuzilishi, hayot faoliyati sudralib
yuruvchilamikiga nisbatan murakkablashuviga olib kelgan.
Sutemizuvchilarda ham aromorfozlar sodir bo’lgan. Ularning ham nafas olish, qon aylanish
organlari murakkablashgan, moddalar almashinuvi jarayoni tezlashgan. Bular tyerining jun bilan
qoplanishiga, tana temperaturasining doimiy bo’lishiga imkon bergan, Miyacha va yarim sharlarining
kattalashishi tufayli murakkab shartsiz reflekslar va instinktlar, shuningdek, shartli reflekslar hosil
bo’ish imkoniyati kengaygan.
Gulli
0
‘simliklarda ham
|
| |