Zenkevich ma’lumotlariga ko‘ra, suv muhitida hayvonlarning  60




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

Zenkevich
ma’lumotlariga ko‘ra, suv muhitida hayvonlarning 
60 
dan ortiq
sinfi vujudga kelgan. Hayvonlarning quruqlikka chiqishi va tarqalishi tufayli qisqa geologik 
davr ichida 17 ta sinf vujudga kelgan. Bo‘g‘imoyoqlilarning 4 ta sinfi va umurtqali
hayvonlarning 4 ta sinfi shular jumlasidandir. Paleozoy erasining oxiriga kelib, tog‘ hosil 
bo‘lish jarayonlari quruqlikning yanada kengayishiga, Ural, Tyanshan, Oltoy tog‘lari paydo 
bo‘lishiga, iqlim yanada quruqlashishiga sabab bo'lgan.
 
Mezozoy erasi. 
175 million yil davom etgan bu era 
trias, yura 
va 
bo‘r
davrlariga 
bo‘linadi.
Trias davridagi
o‘rmonlarda paporotniklar, qirqbo‘g‘imlar, bir oz kam bo‘lsada, ochiq 
urug‘li 
0
‘simliklar, ninabarglilar, ginkgolar, sagovniklar avj olib rivojlangan. Umurtqali hayvonlar 
orasida sudralib yuruvchilar xilma-xil sharoitga moslashib, turli-tuman formalarni keltirib chiqargan. 
O
‘sha davrda paydo bo‘lgan kaltakesaklardan
gattyeriya
hozirgi vaqtda Yangi Zelandiyaning 
shimoliy qirg‘oqlarida “tirik qazilma» sifatida saqlanib kelmoqda. Trias davrida o ‘txo’r va yirtqich 
dinozavrlar yashagan. Ularning eng yiriklarining bo‘yi 5—6 metrga yetgan. Tashqi ko‘rinishidan 
kaltakesakka o‘xshab ketadigan 
psevdozuxiyalarning
orqa oyoqlari oldingilariga nisbatan anchagin 
baquvvat bo’lib rivojlangan. Psevdozuxiyalardan keyinchalik timsohlar, qushlarning ajdodlari paydo 
bo’lgan, deb taxmin qilinadi. Triasda toshbaqalar ham rivojlangan.
Dengiz va okeanlarda baliqlar va mollyuskalarning ko‘plab uchrashi ba’zi sudralib 
yuaivchilarning oziqqa boy suv muhitiga qayta moslashishiga sabab bo’lgan va oqibatda suvda hayot 
kechiruvchi 
ixtiozavrlar
uchragan. Ular tashqi tuzilishidan akula va delfinlarga o‘xshash bo’lgan. 
Sudralib yuruvchilar bir qancha progressiv belgilarga ega bo’lsa ham, biroq tana haroratining atrofdagi 
muhitga bog’liqligi quru'qlikdagi xilma-xil sharoitda tarqalishini cheklab qo‘ygan.
Trias davrida ba’zi tyerritoriyalarda iqlimning sovishi sudralib yuruvchilarga nisbatan 
murakkab tuzilgan issiqqonli hayvonlar sutemizuvchilarning kelib chiqishiga imkon bergan. Anidan, 
dastlabki sutemizuvchilar hozirgi yexidna va o‘rdakburunga o‘xshab tuxum qo‘yib ko‘paygan bo’lsa 
kerak.

Download 7,63 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zenkevich ma’lumotlariga ko‘ra, suv muhitida hayvonlarning  60

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish