O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

 
Protyerozoy erasi.
 
Bu era 2 mlrd yillar chamasi davom etgan. Uning boshida kuchli tog‘ 
hosil bo’lish jarayonlari ro‘y bergan. Oqibatda yyerning qiyofasi ancha o‘zgargan.
O
‘sha davrda 
yashagan suvoilar va sodda bir hujayrali organizmlarning qattiq qismlaridan ohak va marmar hosil
bo’lgan. Ilgari hukmron bo’lgan prokariotlar — bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo’tlar protyerozoyga 
kelib, eukariotlar — yashil, oltin rang suvo’tlarning avj olib rivojlanishi bilan o‘rin almashingan. 
Suvoilar orasida dengiz tubiga birikkan holda o’troq hayot kechiruvchi formalar vujudga kelgan. 
Bunday hayot kechirish suvo’tlar massasining turli qismlari o‘zaro farqlanishiga, ayrim qismlari 
substraiga birikuvchi hamda fotosintez qiluvchi qismlarga bo’lnishiga sabab bo’lgan. Ba’zi formalarda 
bunday moslanish ulkan, ko‘p yadroli hujayralarning (yashil suvo‘tlarda sifonli formalar) yoki turli 
qismlari turli vazifa bajaradigan haqiqiy ko‘p hujayrali suvo‘tlarning kelib chiqishi bilan 
haraktyerlangan. Shu yo'nalishda ko‘p hujayrali 
qizil suvo’tlar
paydo bo’lgan. 
Protyerozoy erasida tarqalgan hayvonlarning aksariyati ko‘p hujayrali formalar bo’lgan. 
Dengizlarda ko‘p hujayrali hayvonlarning tuban formalari — 
bulutlar, radial simmetriyali 
kovakichlilar
bilan bir qatorda, ikki tomonlama simmetriyaga ega formalar ham keng tarqalgan. Ular 
orasida 
halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo'gimoyoqlilar
ko'plab uchragan. Bu erada 
bo'gimoyoqlilarning eng qadimgi vakillari — 
qisqichbaqa chayonlar
, shuningdek, 
ninatanlilar 
hamda 
umurtqasiz hayvonlarning boshqa yuksak vakillari vujudga kelgan. 
Protyerozoy erasida ro‘y bergan aromorfoz tipdagi yirik o‘zgarishlarga ikki tomonlama 
simmetriyali hayvonlarning kelib chiqishini misol qilib keltirish mumkin. Ikki tomonlama
simmetriyaning paydo bo’lishi tufayli hayvonlar gavdasi oldingi va orqa, qorin va yelka qismlarga 
diffyerensiyalangan va oldingi tomonida sezuv organlari, nerv tugunlari, keyinchalik esa bosh miya 
rivojlangan. Hayvonning yelka tomoni himoya vazifasini, qorin tomoni esa harakatlanish va oziq 
tutish vazifasini bajara boshlagan. Gavdasi ikki tomonlama 
simmetriyali bo’lishi tufayli harakatlanish, chaqqonlik, umuman hayot faoliyati ortgan.

Download 7,63 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish