mezozoy erasi 3 ta, kaynazoy erasi 2 ta davrga bo’linadi. Arxey va protyerozoy eralarida hayot tuban
bo’lgani sababli ular
kriptozoy
, qolgan eralardagi hayot
fanerozoyeoirlarga
kiritiladi.
Arxey erasi
birinchi geologik era bo’lib, 800—900 million yil davom etgan. Mazkur era
qatlamlarida organik hayot qoldiqlari deyarli juda kam topilgan. Bu hodisa, bir tomondan, o'sha erada
yashagan organizmlar tuzilish jihatdan nihoyatda tuban ekanligi, ikkinchi tomondan esa arxey
erasidagi qatlamlar yuqori temperatura va bosim ta ’sirida o‘zgarganIigi bilan izohlanadi va bular
tufayli organizm qoldiqlari saqlanmagan. Arxey erasi qatlamlarida ohak, marmar uchrashi o‘sha
davrda prokariotlar — bakteriyalar, ko‘k-yashil suvoilar yashaganligining nishonasidir. Arxey
erasining so‘nggi qatlamlaridan ko‘p hujayrali hayvonlar, masalan,
gidroid poliplar, kovakichlilar,
ipsimon
yashil suvo‘tlarning qoldiqlari ham topilgan. Bakteriyalar faqat suvda emas, balki quruqlikda
ham tarqalgan, natijada quruqlik va atmosferadagi anorganik moddalar organik moddalarga aylanishi,
ular esa quruqlikda boshqa organizmlar tomonidan parchalanishi oqibatida faqat suvda emas,
quruqlikda ham getyerotrof organizmlar vujudga kelgan bo’lishi mumkin.
Arxey erasida quruqlikda tarqalgan organizmlarning ta ’siri, shuningdek, tog‘ jinslarining
yemirilishi bilan tuproq hosil boiish jarayoni boshlangan. Bu eradagi hayot uglyerod birikmalari
sekin-asta moddalarning planeta bo‘ylab biogen yo’l bilan aylanishiga sababchi bo’lgan. Suvo’tlar
ko‘p miqdorda kislorod ajratib, suv va atmosferani kislorodga boyitgan. Binobarin, arxey erasida
vujudga kelgan hayot ulkan rivojianish bosqichini oigan. Hujayrasiz formalardan, yadro oldi hujayrali
formalar, ya’ni prokariotlar — bakteriyalar, ko‘k-yashil suvoilar, ulardan esa eukariotlar paydo
bo’ligan. Ba’zi bakteriyalarda uchraydigan xemosintez suvo’tlar paydo bo’lishi bilan o‘z o‘rnini
fotosintezga bo‘shatib bergan. Avtotrof organizmlarning hayot faoliyati natijasida bo’lgan organik
birikmalar getyerotrof organizmlar paydo bo’lishi uchun qulay sharoit tug‘dirgan.
Xulosa qilib aytganda, arxey erasidagi organik olamning rivojlanishida aromorfoz tipidagi 3 ta
katta o‘zgarish:
1
) jinsiy jarayoni;
2
) fotosintez jarayoni; 3) ko‘p hujayrali organizmlar vujudga
kelgan.