|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmuato’rtinchi
bosqichda
ular o’rtasida «tabiiy tanlanish»ga o'xshash jarayon borgan. Ular orasida sintezlanish va
parchalanish reaksiyalari mutanosib hamda davriy ravishda bo'lgan. Bu jarayonlarda ma’lum
moddalami regeneratsiya qilib turgan Koatservat tomchilar yashab qolgan. Koatserat tomchilarining
diametri 1—500 mkm gacha bo’lgan. Ularning ko’pchiligi tashqi muhitdan qalin qavat, go’yo
membrana bilan alohidalashgan.
Uchinchi bosqichdagi dastlabki tirik organizmlaming paydo bo‘lishi
Koatservat tomchilar kattalashgandan so‘ng mayda tomchilarga parchalanadi. Foks
tajribalarida proteinoidlarning konsentrlangan suvh yeritmasi 130—180
0
Cda qaynatilganda, 1—2
mkm hajmdagi mikrosferani hosil qilgan. Bunday yeritmalarda lipidiar bo’lmasa ham, mikrosferalar
hujayraning ikki qavatli lipid membranasiga o‘xshash qavat hosil qilgan. Qulay sharoitda bunday
mikrosferalar yeritmadagi proteinoidlar hisobiga o’sgan va xuddi bakteriyalar singari bo‘lingan.
Koatservat tomchilar o'z ximizmi bilan farqlangan. Koatservat tomchilardan katalizator xossasiga ega
bo’lganlar ko'proq polimyerlangan va uzoq yashagan. Koatservat tomchilarning tashqi muhitdan
enyergiya va moddalami o’zlashtirganlari yashab qolib boiingan. Lekin ular tirikka yaqin bo’lsa ham,
hali ularni hayot deb bo’lmas edi. Dastlabki stabillashgan probionitlar avtokatalik, nuklein
kislotalardan iborat Koatservat tomchilar shaklida bo’lgan, degan faraz bor.
Binobarin, dastlabki davrlarda nuklein kislotalar bilan oqsil, molekulalarining qo’shilishi
ehtimoli ro’y bergan. Qurilma va himoya vazifasini o'tagan bo‘lishi mumkin. Bunday turg'un
sistemalarni Oparin shartli ravishda probiontlar deb atagan. Uning ko‘rsatishicha, probiontlaming
keying evolyutsiyasi moddalar almashinuvi jarayonlarini uyushtiradigan «apparat mexanizm» larining
aktivlashishi bilan uzviy bog‘liq bo’lgan.
Probiontlarda moddalar almashinuvining sekin-asta murakkablashuvi natijasida progressiv
evolyutsiya yanada yuqori aktivlikka ega katahzatorlar fermentlami vujudga keltirgan. Shunday qilib,
tarixiy jarayonda, Oparin uqtirishicha, tirik sistema bir butun holicha, shuningdek, uning ayrim
mexanizmlari takomillasha brogan.
Moddalar almashinuvi va o’z-o’zini ko’paytira olish tirik hujayraning eng asosiy xossasidir.
Xoldeyn va Oparin hayot paydo bo’lishidagi dastlabki xossasini har xil talqin qilganlar. Oparin hayot
paydo bo’lishidan oldin moddalar almashinuvi xossasi, Xoldeyn esa o’z-o’zini ko’paytira olish
xossasi kelib chiqqan, degan fikrni quvvatlaydilar
|
| |