|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmuaPavlovskaya
va
Pasinskiyar
yuqori gazlar aralashmasidagi vodorod o’rniga uglerod
oksidini qo’shdilar va unga ulturabinafsha nurlar ta’sir ettirib aminokislotalar olishga muvofaq
bo’ldilar.
Eybelson
metan, ammiak, vodorod, suv bug‘i, uglerod oksidi, karbonat angidrid, azotdan
iborat gazlar aralashmasidan aminokislotalar hosil bo’lishini isbotladi.
Doze
va
Raevskiy
bunday
dastlabki gazlar aralashmasiga rentgen nurlari ta’sir ettirish orqali har xil aminokislotalar olish
mumkinligini ko'rsatdilar.
Yer planetasi tarkibida qadimgi zamonda uglerodlarning metallar bilan birikishidan hosil boigan
karbidlar ko‘plab uchraydi. Ko’rinishidan, yerning markaziy o'zagi temir, nikel va
kobaltning uglerod bilan qo‘shilishidan hosil bo’lgan karbidlardan iborat bo’lsa kerak. Ehtimol,
bunday karbidlar yerning rivojlanishi tarixining ma’lum davriarida yuza joylashgandir.
D. I. Mendeleyev karbidlar suv bilan birikishi natijasida uglevodorodlar hosil bo’lishini ko‘rsatib o ig
an edi.
Shunday qilib, hayot paydo bo’lishidagi birinchi bosqich turli moddalaming kimyoviy
evolyutsiyasi natijasida oddiy molekulalardan iborat organik moddalar paydo bo’lishi bilan izohlanadi.
«Mayda organik molekulalar paydo bo’lib, rivojlangandan so‘ng, keyingi har xil xossa va tuzilishga
ega polimer birikmalarni hosil etish bilan bog’liq muhim ikkinchi bosqich boshlanadi. Yaponiya olimi
Akaborining
taxminiga ko‘ra, dastlabki oqsillar sintezi uchun tayyor aminokislotalar bo’lishi shart
emas. U laboratoriya sharoitida formaldegid, ammiak va vodorod sianid aralashmasidan oldoqsil
moddalar vujudga kelishi mumkinligini aniqladi.
Mayda organik molekulalar paydo bo‘lib, rivojlangandan so‘ng, keyingi har xil xossa va
tuzilishga ega polimyer birikmalarni hosil etish bilan bog‘lik muhim ikkinchi bosqich boshlanadi.
Nuklein kislotalarining abiogen yo‘l bilan paydo bo‘lishi mumkinligini isbotlashda nemis
bioximigi
Shramm
o‘tqazgan tajribalar diqqatga sazovordir. U ikkita elektron kavsharlangan kolba
ichiga shakar, azotli asoslar hamda fosfat kislota tuzlari yeritmasini solib eritmani 80 gradusgacha
isitgan va undan elektr o‘tqazgan. Bu eritmalar aralashmasi bir necha kundan keyin tekshirilganda
ularda DNK va RNK tipdagi moddalar, ya’ni nukleotidlar borligi ma’lum bo‘lgan. Oldbiologik sintez
uchun zarur enyergiya elektr uchqunlari, ultrabinafsha nurlar va radiaktiv moddalarning
parchalanishidan olingan.
Koatservat
tomchilarning rivojlanishi dastlabki okeanda oqsilga o‘xshash
va yuqori molekulali boshqa organik molekulalarining hosil bo‘lish natijasidir.
Dj. Bernal
oldbiologik birikmalarning konsentratsiyalanishi suvda emas, balki keng tarqalgan
minerallaming yuza qismida ro‘y bergan, degan edi. Bu fikrni Isroil institutida ishlayotgan
|
| |