|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmuaVolkenshteyn
hayotga
shunday ta’rif bergan: «Yerda mavjud bo’lgan tirik jismlar biopolimyerlardan, ya’ni oqsillar bilan
nuklein kislotalardan tuzilgan, o’zini-o’zi boshqaradigan va o’zini-o’zi ishlab chiqaradigan ochiq
sistemalardir».
Hozirgi kunda hayotning paydo bo'lishi to‘g‘risida turlicha farazlar bor. Ular quyidagilar:
1. Hayot ilohiy kuch ishtirokida yaratilganligi haqdagi kreotsinizm.
2. Hayotni o‘lik tabiatdan birdaniga paydo bo‘lganligi haqida;
3. Hayotning abadiyligi to’g‘risidagi;
4. Yerdagi hayotning o‘zga sayyoralardan kelganligi haqida;
5. Hayotning biokimyoviy evolyutsiya natijasi ekanligi to‘g‘risidagi nazariyalar.
Hayot paydo bo‘lish muammosi fan va texnikaning rivojlanishiga qarab davrlarda turlicha hal
etildi. Din peshvozlari va
idealizm
oqimining nomoyondalari Yer yuzidagi barcha o‘simliklar,
hayvonlar va odamlar xudo qudrati bilan vujudga kelgan, degan fikrni uzoq davr targ‘ib qilib keldilar.
Bunga qarama-qarshi matyerializm oqimi tarafdorlari esa hayot hech qanday ilohiy kuch ishtirokisiz,
tabiiy qonunlar asosida paydo bo‘lganligini e’tirof etdilar. Biroq matyerializm oqimining dastlabki
tarafdorlari o‘lik tabiat bilan tirik tabiat orasidagi tub sifat fikrlarini etarlicha anglab olmadilar. XVI -
asrda yashagan biolog vrach Van Gelmant sichqonlar dondan , vrach SHratsels baliqlar va sichqonlar
sasigan suvdan paydo bo‘ladi, degan fikrni targ‘ib qildilar. Paratsels “katta-kichkina tirik” odam
gomenkulisni laboratoriyada tayyorlash retseptini ham tuzdi.
Hayot paydo bo'lishi muammosi fan va texnikaning rivoj lanishiga qarab turli davrlarda turlicha
hal etilgan. Shunga ko‘ra, qadimgi zamonda va o‘rta asrlarda baliqlar va baqalar daryo balchig‘idan,
qurtlar buzilgan go‘shtdan, kapalak qurtlafi, qo‘ng‘izlar tuproqdan paydo bo‘ladi, degan fikrni
quwatladilar.
XVI asrda yashagan biolog shifokor
|
| |