|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmuaKlassik darvinizm
tabiiy tanlanishni evolyutsiya jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchi
sifatida
tan
oldi.
Shu
bilan
birga
organizmlarning
muhitga
moslanishi,
tug‘ma
boim agan belgilaming nasldan-naslga oiishi ham uning mazmuniga kiritildi. Darvin, Geksli,
V.O.Kovalevskiy, Mechnikov, Myo’ller, Plate, Timiryazev va boshqa mashhur olimlar klassik
darvinizm namoyandalari edi.
Lamarkcha darvinizmda
esa organizmlarning muhitga bevosita moslanishi va tug‘ma boim agan
belgilaming nasldan-naslga o’tishi evolyutsiya omillariga kiritilib, ular ahamiyat jihatidan tanlash
prinsipiga tenglashtirildi. Darvinizmga yot boigan mexanolamarkizm g‘oyalarini evolyutsiya omillari
qatoriga kiritishda, bir tomondan, Lamarkning tashqi muhit organizmga bevosita ta’sir ko‘rsatib,
uni o‘zgartiradi, degan xato gipotezasiga asoslanilsa, ikkinchi tomondan, bu davrda tabiiy tanlanishning
haqiqiy ham tabiatda mavjudligini isbotlovchi eksper mental dalillar yo‘q edi.
Gekkel, Spenserlar
lamarkcha darvinizm oqimining yiriknamoyandalari edi.
Neodarvinizm oqimining
asoschisi nemis olimi
A.
Veysman
edi (1834-1914). U XIX asrning
oxiriga kelib sitoiogiya, embriologiya va genetika sohasidagi yutuqlami jamlab xulosalab, diqqatga
sazovor bir qancha mulohazalar bilan maydonga chiqdi. U ilgari surian «murtak plazmasining
mustaqilligi» gipotezasiga ko'ra, har bir organizm ikki qismdan; somatik (tana) va murtak plazmasidan
tashkil topgan. Tashqi muhit ta’sirida somatik plazma o‘zgarishi mumkin. Lekin murtak plazmasi
bunday ta’sirlarga berilmaydi va bo‘g‘indan-bo‘g‘inga turg‘un holda o‘tadi. Binobarin, Veysman
uqtirishicha, murtak plazmasi faqat tashqi muhitdan emas, hatto uni himoya qilib turgan tana
plazmasidan ham mustaqildir. Albatta, murtak plazmasini bunday talqin qilish rivojlanishni avtogenez
ta’limoti asosida tushunishdan boshqa narsa emas. Shuning uchun ham Veysmanning bu mulohazasi
qattiq tanqid qilindi. Ayrim kamchiliklarga qaramay, Veysmanning murtak plazmasi to‘g‘risidagi, ya’ni
yadroning irsiyatdagi roli haqidagi fikrlari fanning keyingi rivoji bilan tasdiqlandi. U sichqonlar ustida
olib borgan tadqiqotlariga asoslanib, tug‘ma bo'lmagan belgilar nasldan-naslga o‘tadi, deb uqtirgan
Lamark ta’limotining noto'g'riligini isbotladi va darvinizmni lamarksizm bilan almashtirishga qarshi
chiqdi va o‘z tadqiqotlari bilan Darvinning tabiiy tanlanish evolyutsiyaning asosiy omili ekanligi
haqidagi ta’iimotini ma’lum darajada rivojlantirdi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida hujayraning tuzilishi, bo‘linishi, organizmiardagi irsiyat va
o'zgaruvchanlik sohalarida bir qancha kashfiyotlar qilingan edi. Reaksion olimlar biologiya fani
sohasidagi yangi kashfiyotlardan evolyutsion nazariyaga qarshi kurashda foydalandilar. Ba’zi olimlar
so‘zda Darvin nazariyasini e’tirof etsalarda, uning tub mohiyatini o‘zgartiradigan qo‘shimchalar va
tuzatishlar kiritishga intildilar.
|
| |