• Simpson
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    biologik
    tur» 
    tubandagi xossalami o‘zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak; 
    1.Biologik 
    tur 
    jinsiy 
    yo’l 
    bilan 
    ko‘payadigan 
    formalarda 
    mavjud. 
    2.Tur o‘zaro qarindosh bo’lgan bitta yoki bir nechta populatsiyadan tashkil topgan. 
    Populatsiyaga mansub organizmlar o‘rtasidagi munosabat ko‘payish jihatdan bir-biriga bog’liq 
    bo’lishdan iborat. Bir turga mansub populatsiyalarning boshqa turga mansub populatsiyalardan jinsiy 
    tomondan 
    alohidalanishi 
    biologik 
    turning 
    asosiy 
    mezoni 
    bo’lib 
    xizmat 
    qiladi. 
    Biologik turning bu ta’rifida bir qancha jiddiy kamchiliklar bor. Ular tubandagilardan iborat; 
    1) Jinssiz yo’l bilan ko‘payuvchi organizmlarda turlar mavjudligi yuqoridagi ta’riflarda inobatga 
    olinmaydi; 
    2) O‘z populatsiyasidagi boshqa organizmlar bilan chatishmaydigan mutant formalar tur 
    darajasiga ko’tarilishi hisobga olinmagan. 
    3) Mustaqil evolyutsiya jarayonida o‘ziga xos morfologik-fiziologik belgilarga ega boigan va 
    ancha ilgari mustaqülashib oigan geografik va ekologik irqlar tur deb tan olinmaydi.
    Evolyusion konsepsiya asosida turga nazariy (abstrakt) ta’rif beriladi. Bu ta’rifda tur asosan 
    evolyutsiyalanuvchi biriik sifatida olindi. Masalan, 
    Simpson
     
    mulohazasiga ko‘ra, tur deyilganda, bir 
    ota-ona organizmlarning boshqa ota-ona organizmlardan mustaqil ravishda tarixiy rivojlangan va o‘z 
    evolyutsion taqdiriga, yo'nalishiga ega boigan izchil populatsiyalari qatori tu huniladi. Albatta, bu ta’rif
    abstrakt ta’rif bo’lib, uni amalda qo’llab bo’lmaydi. Chunki unda bir turning morfologik, 
    fiziologik, 
    ekologik 
    jihatdan 
    ikkinchi 
    turdan 
    farq 
    qilishi o‘z ifodasini topmagan. 
    Turni ta’riflashda mavjud ikkita, ya’ni amaliy va sof nazariy yo'nalishni o‘zaro bir-biriga qo‘shish 
    masalasi hanuzgacha hal bo’lmagan. Shu sababli turni ta’riflashda ko‘p tomonlama tavsif diqqat 
    markazida boiadi. Avvalo, turga umumiy ta’rif berishda, albatta, uning statikasi va dinamikasi 
    yagona birlikning qarama-qarshi xossalari-sifatida e’tiborga olinishi, shu bilan bir qatorda tur 
    evolyutsiya 
    jarayonining 
    asosiy 
    bosqichi 
    ekanligi 
    hamda 
    organik 
    olamda 
    evolyutsiya 
    jarayoni populatsiya — tur darajasida amalga oshishi diqqat markazida bo’lishi kerak.
    Aytilganlarni e’tiborga olib, tur to ‘g‘risida mulohaza yuritganda, uning quyidagi xossalariga 
    alohida e’tibor berish kerakligini ko‘rsatdi. Har bir tur evolyutsiyaning sifat jihatdan farq qiluvchi 
    bosqichi bo’lib, o‘z mustaqilligi bilan xarakterlanadi.
    Tur umumiy yoki ajralgan arealda tarqalgan, o‘xshash morfologik-fiziologik belgilarga ega hamda 
    o‘zaro chatisha oladigan individlar yig‘indisidan tashkil topgan. Tabiatda turlar urchishi jihatdan bir-
    biridan tamomila chegaralangan, shu sababli ular chatishmaydi. Turga berilgan bu ta’rifga yana ayrim 
    qo‘shimchalar kiritish lozim. Har qanday tur o‘zining genotipik sistemasiga, «genotipik birligiga» ega. 
    Har bir tur boshqa turiardan alohida mavjud bo‘lmay, balki ma’lum biogeotsenoz tarkibiga kiradi hamda 
    o‘ziga 
    xos 
    genotipik 
    sistemaga 
    ega. 
    Ko‘p 
    turlar 
    politipik 
    tur 
    hisoblanadi 
    va belgilari bilan farq qiluvchi har xil organizmlar guruhlari (populatsiyalar)dan ayrim vaqtlarda kenja 
    tur darajasiga ko‘tarilgan formalardan tashkil topadi. 
    Xulosa qilib aytganda, turlar amalda morfologik, fiziologik, ekologik, genetik belgi-xossalari, 
    geografik tarqalishi bilan bir-biridan farq qiladi. Umuman turga berilgan ta’rifni jinsiy yo‘l bilan 
    ko‘payuvchi, chetdan changlanuvchi organizmlar turiga nisbatan to‘liq qo‘llash mumkin. Partenogenez 
    yo‘li bilan ko‘payuvchi yoki o‘z-o‘zidan changlanuvchi organizmlarga nisbatan esa to’liq qo’llash juda 
    qiyin. 
    Bunday 
    organizmlarda 
    ma’lum 
    territoriyada 
    tarqalgan 
    umumiy 


    evolyutsion qismat bilan bog’liq bo’lgan yaqin biotiplar sistemasi jinsiy ko‘payuvchi, chetdan 
    urug’lanuvchi organizmiardagi tur tushunchasiga teng keladi.

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish