u har qanday o'zgaruvchanlikning asl sababi atrofidagi muhitning o'zgarishida ekanligini e’tirof etdi.
Uning mulohazasicha, tashqi muhit organizmga
bevosita
va
bilvosita
ta’sir etadi.
Bevosita
ta’sir etganda
tashqi muhit omillari bir necha bo'g'in mobaynida rivojlanayotgan organizm va uning organlariga
bevosita ta’sir etadi.
Bilvosita
ta’sir etishda esa hayot sharoiti jinsiy organlarga ta’sir ko'rsatadi. Natijada
mazkur organizmning kelgusi bo'g'inlarida u yoki bu o'zgarish ro'y beradi.
Tashqi muhitning organizmga ko'rsatadigan bevosita ta’siri ikki xil —
muayyan
va
nomuayyan
bo'lishi mumkin. Tashqi muhitning muayyan ta’sir etishida bir tur, zot, navga mansub organizmlar va
ularning kelgusi bo'g'ini bir yo'nalishda yoppasiga o'zgaradi. Muayyan o'zgaruvchanlik bazan
guruhli
(yalpi) o'zgaruvchanlik
deb ham ataladi. Masalan, oziq tufayli hayvonlarning
mahsuldorligi va
o'simliklarning hosildorligi o'zgaradi. Kunlar sovishi bilan shimolda yashovchi barcha sutemizuvchi
hayvonlarning juni qalinlashadi va hokazo.
Nomuayyan o'zgaruvchanlikda esa tashqi muhit omillari ta’sirida bir tur yoki zot, navga kiruvchi
organizmlar turli yo'nalishda o'zgaradi va bunday o'zgarish ayrim individlarda sodir bo'lib, boshqalarida
ro'yobga chiqmaydi. Chunonchi, bir ko'sakdan rivojlangan o'simliklar, bir ota-ona organizmning avlodi
bir xil sharoitda yashasa ham ana shu sharoitdan har xil ta’sirlanib, turli yo'nalishda o'zgarishi mumkin.
Darvin tashqi muhitning organizmlarga nomuayyan ta’sirini obrazli ifodalab, shamollashni har xil
odamlarda turli oqibatlar — ba’zilarda tumov, ikkinchilarda yo'tal, uchinchilarda revmatizm,
to'rtinchilarda esa har xil organlarning shamollashi natijasiga o'xshash misolda ham ko'rsatgan.
Individual o'zgaruvchanlik tarixiy jarayonda
vujudga kelgan irsiy xossalar, organizmning yoshi,
holatiga qarab turlicha namoyon bo'ladi.
Darvin
0
‘zgaruvchanlik sabablarini va uning formalarini tadqiq qilish bilan birga, irsiyat
muammosi bilan ham shug'ullandi. Uning davrida irsiyat muammosi
hal qilinmagan muammolardan
biri hisoblanardi. Shu sababli u irsiyat ustida to‘xtalib: “Irsiyatni boshqaradigan qonunlarning
ko’pchiligi ma’lum emas” deb ta’kidlagan edi.
Irsiyat
deganda, Darvin ota-ona formalar bilan ulaming nasil o’rtasidagi o’xshashlik yoki o'ziga
o'xshash formalarni vujudga keltirish xossasini tushundi. Irsiyat tufayli bo'g'indan bo'g'inga
organizmning faqat tashqi va ichki tuzilishi emas, balki fiziologik, biokimyoviy xossalari ham o'tadi.
Darvin ota-onaning xossalari kelgusi bo'g'inga qanday o'tishini tushuntirish
maqsadida vaqtincha
“
pangenezis gipotezasi
”ni ilgari surdi. Bu gipotezaga binoan, ko'p hujayrali organizmlaming barcha
hujayralari mayda-mayda zarrachalar —
gemmullalar
ajratib turadi va ular organizm bo'ylab
yerkin
harakatlanishi, shu jumladan, jinsiy organlarda to'planishi mumkin. Jinsiy hujayralardagi gemmullalar
bo'lajak organism rivojlanishida barcha belgi-xossalarni belgilab beradi. Boshqacha aytganda,
gemmullalar individual rivojlanishning moddiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Yerkin harakat qilib
yuradigan gemmullalar to'g'risidagi mazkur gipoteza faqat tarixiy keyinchalik o'z tasdig'ini topmagan
bo'lsa-da, Darvinning
irsiy moddiy va diskretdir, degan mulohazasini hozirgi vaqtda deyarli barcha
biologlar e’tirof qiladilar.
Darvin organizmning o‘zgaruvchanligi yangi nav va zotlar yaratishning eng muhim zamini bo‘lib
hizmat qilishini aniqladi. U seleksionyerlar yangi zot va navlarni etishtirishda o‘zgaruvchanlikning bir
necha shakliga tayanib ish ko‘rishni aniqladi. SHunga asosan Darvin o‘zgaruvchanlikni
belgilangan
(ommaviy) va
belgilanmagan
(yakka tartibdagi) o‘zgaruvchanlikka bo‘ladi.