|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmuaDiziruptiv tanlanish.
Ba’zan muhit sharoitining o‘zgarishi natijasida populatsiyaning miqdor
jihatdan ko‘pchilikni tashkil etuvchi oilacha tipi (norma) eliminatsiyaga uchraydi va
oqibatda populatsiya yashash uchun kurashda biror turg‘un afzallikka ega boim agan bir qancha
genotiplardan iborat bo’ladi. Bunday hollarda dizruptiv tanlanish namoyon bo’ladi. Tabiiy
tanlanishning bu formasining ta’siri tufayli xilma-xil sharoitda bir populatsiyaga mansub organizmlar
bir qancha guruhlarga bo’linib ketadi. Ularni bog’lovchi oraliq formalar esa yo‘qoladi.Dizruptiv
tanlanish turli tipdagi o‘zgarishlar orasida keskin chegarani vujudga keltiradi. Bunday tanlanish
tufayli, birinchidan, populatsiya ichida
polimorfizm
ortadi, ikkinchidan esa
divergensiya
va
izolatsiya
ro‘y beradi.
Polimorfizmda
tanlangan, funksional jihatdan bir-biriga bog’liq bo’lgan genotipik formalar turli
sharoitda
ayrim
belgilarning
rivojlanishi
bilan
keskin
farq
qiladi.
Masalan,
Afrika
«
yelkani
» —
Papilio
dardanus
deb nom olgan kapalaklarning ko‘pgina geografik irqlari bor. Har bir
irq tashqi tomondan aniq sharoitda tarqalgan, boshqalarga yem bo’lmaydigan kapalaklarga
o‘xshashligi bilan xarakterlanadi. Bu misolda oddiy mimikriya hodisasi namoyon bo’ladi. Juda ko‘p
m aium otlar mimikriyaning bunday turi taqlid qiluvchi organizmlar soni yeb boimaydigan
kapalaklarga nisbatan oz bo’lganda foyda berishini ko‘rsatmoqda. Chunki bu kapalaklar bilan
oziqlanuvchi qushlar ularni haqiqatan ham yeb bo’lmasligini bir necha marta amalda sinaganlaridan
keyingina ularni holi qo'yadi. Mabodo, yeb bo’lmaydigan kapalaklar kam, ularga taqlid qiluvchi
formalar ko‘p bo’lsa, bu holda keyingi formalar uzoq vaqt saqlana olmaydi, chunki
qushlarda yeb bo’lmaydigan kapalaklarga nisbatan salbiy munosabat yaxshi ifodalangan bo’lmaydi:
Shu
tufayligina
P.dardanus
kapalagi yeb bo’lmaydigan bir kapalak turiga emas,
balki bir necha kapalak turiga taqlid qiladi. Demak, bu kapalak turida vujudga kelgan polimorfizm
dizruptiv tanlanish oqibatidan boshqa narsa emas.
Dizruptiv tanlanishni
tok shilliqqurti
— Ceraea nemoralis da chig'anoqlarning rangi bo‘yicha
vujudga kelgan polimorfizmda ham ko‘rsa bo’ladi. Bu tur individlarining chig'anogi
pushti, sariq, jigarrang va usti qora yoili bo’ladi. Bu yo’llarning soni va tusining to'qligi
o'zgaaivchandir. Ba’zi hollarda bu yoilar aniq bo’lib, soni 5 taga yetadi. Boshqa
hollarda esa yo’llar tamoman bo’lmaydi. Chig‘anoqning rangi va yo’llarining soni muhitga bog’liq.
Och
jigarrang
tuproqli
o‘rmonlarda
tok
shilliqqurtining
jigarrang
yoki
pushti
rang chig‘anoqqa ega. Dag‘al va sariq rangli yo’llar o‘sgan joyda esa chig‘anogi sariq rangli xillari
uchraydi.
Sheppard
va
Keyn
ma’lumotlariga ko‘ra, chig'anoqning turli rangdagi moslanish belgisi bo’lib,
qushlar ularni (shilliqqurtlarni) ko‘plab qirishidan saqlaydi. Sayroqi qorayaloq, nobud qilgan
chig‘anoq qoldiqlarini o‘rganish jigarrang va pushti rang chig'anoqli shilliqqurtlar jigarrang tuproqli
o‘rmonlarda, chig‘anogi sariq shilliqqurtlar esa sariq rangli joylarda himoya rangi ekanligi ma’lum
boidi. Bu misolda ham tanlanishning dizruptiv turi bir populatsiyada bir qancha sharoitga moslashgan
oiganizmiar guruhini vujudga keltirganligini ko‘rish mumkin.
|
| |