olamning xilma-xilligi uzilish haraktyeriga ega? Nima sababdan tabiiy tanlanish ta’sirida vujudga
kelgan
turlar
yashash
sharoitiga
moslashgan?
Organik
olam
rivojlanishining
umumiy
yo'nalishidagiprogress nima bilan ta’minlanadi?
Organizmlar o'rtasidagi hayotiy poyga, ya’ni yashash uchun kurashda ular hayotining muhitga
bog'liqligi bilan tabiiy tanlanish o'rtasida uzviy bog'lanish bor. Foydali individual farqlar va
o'zgarishlarga ega organizmlarning saqlanishini noqulay zararli belgi-xossalarga ega bo'lgan
organizmlarning qirilib ketishini Darvin tabiiy tanlanish, ya’ni eng moslashgan formalarning yashab
qolishi, moslashmaganlaming esa nobud bo'lishi deb atagan. Binobarin, tabiiy tanlanishda bir-biriga
qarama-qarshi ikki hodisa ro'y beradi. Bulardan biri o'lik va tirik tabiat qarshiliklarini yenggan
organizmlarning muhit sharoitiga moslashib yashab qolishi, ikkinchisi, ana shunday qarshilikka
bardosh bera olmaganlarining nobud bo'lishi, ya’ni eliminatsiyadir.
Tabiatda tabiiy tanlanish jarayonini biror kimsa olib bormaydi. U tabiatning stixiyali kuchlari
ta’sirida ro'y beradi. O'simliklar bilan hayvonlarning uzoq tarixiy davrda xilma-xil sharoitda
yashaganligi ularda turli-tuman individual o'zgarishlar vujudga keltirganligini yuqorida ko‘rib o'tgan
edik. Shunday o'zgargan formalar orasida organizm uchun foydali belgilarga ega bo’lmganlari borligi
tabiiy bir hol, albatta. O‘simliklar bilan hayvonlardagi individual o'zgaruvchanlik tabiiy tanlanish
uchun beqiyos ko'p matyerial beradi. Xuddi sun’iy tanlashdagi kabi, tabiiy tanlanishda ham individual
o'zgaruvchanlik umumiy asosni tashkil etadi. Bir turga mansub o'simliklar va hayvonlar, odatda, bir
xil oziq manbaidan foydalanadi va bir xil dushmanlardan, tashqi abiotik muhitning bir xil noqulay
sharoitidan o'zini himoya qiladi. Oqibatda ular o'rtasidagi yashash uchun kurash doimiy, ixtiyorsiz
ravishda boradi.
Tanlanish zarari individual farqlarga ega formalarni kirish bilan, ularni ko'payishdan mahrum
qilib, o'z ta’sirini ko'rsatadi. Albatta,
foydali
individual o'zgaravchanlik ham ularga ega organizmlar
yashab qolishini ta’minlay olmaydi. Ular faqat shunday belgilari bo'lmagan organizmlarga nisbatan bir
oz afzalliklarga ega bo'ladi, xolos. Agar organizmlar qiriladigan bo'lsa, birinchi navbatda unchalik
foydali bo'lmagan belgilarga ega formalar nobud bo'ladi. Foydali belgilarga ega formalar esa saqlanib
qoladi. Agar vujudga kelgan o'zgaruvchanlik irsiylanadigan bo'lsa, u kelgusi bo'g'inga beriladi.
Davomli o'zgaruvchanlik qonuniga ko'ra, organizm uchun foydali belgilar kelgusi bo'g'inlarda ham
takrorlanadi.
Tabiiy tanlanishda