O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

yashirin formasi
bir turga mansub organizmlarda keskin namoyon 
bo'ladi. Darvin bir turga mansub individlar o'rtasidagi yashash uchun kurash, ayniqsa, keskin bo'lishini 
bug'doy, xushbo'y no'xat, tog' qo'ylari, tibbiyot zulugi, har xil kaptar, to'ng'izlar, AQShdagi bo'rining 
ikki tur xili, tukli olxo'ri, shaftolida ko'rsatdi. Sistematik jihatdan bir-biridan uzoq guruhlarda u ahyon-
ahyonda, bir avlodga mansub turlar orasida yashash uchun kurash tez-tez ro'y beradi. Yashash uchun 
kurashni organizmlarning sistematik o'rni emas, balki ekologik yaqinligi belgilaydi.


Tabiiy sharoitda tarqalgan organizmlarda ham individual farqlar uchraganligi uchun tur xili va 
turga mansub mavjudotlar o‘zaro aynan o'xshash bo'lmaydi. Shu sababli birorta hayvonning nobud 
bo'lishi, ikkinchisining barhayot bo'lishi tasodifiy hodisa emas. Odatda, mukammal himoya 
vositalariga, masalan, yaxshi eshitish organiga, himoya rangi, dushmanlardan yashirinish instinktiga 
ega bo'lgan organizmlar noqulay sharoitdan saqlanib, nasl qoldiradi. Bunday vositalarga ega bo'lmagan 
organizmlar esa nobud bo'ladi. 
Hayvonlar va o'simliklar o'rtasidagi yashash uchun kurash individual rivojlanishning turli 
bosqichlarida; o'simliklarda urug', o'simta va voyaga yetgan davrda, hayvonlarda tuxum, lichinka va 
voyaga yetgan organizm davrida ro'y beradi. 
«Yashash uchun kurash» birinchidan, yirtqichlar o'rtasida g'animlarni egallash uchun bo'ladigan 
ayovsiz kurash — hujum; ikkinchidan, organizmlarning abiotik sharoitga qaramligi yoki stixiyaga 
qarshi kurashi; uchinchidan, bir xil o'simliklaming o'sishi va rivojlanishi uchun ko'proq joy egallashga 
oid passiv formadagi hayot poygasi; to'rtinchidan, parazit organizmlarning o'z xo'jayiniga qaramligi; 
beshinchidan, bir turga mansub organizmlar o'rtasidagi hayot poygasi; oltinchidan, har xil turlarga 
mansub organizmlarning bir xil sharoitga bog'liqligi zaminida vujudga keladigan passiv hayot 
poygasidan iborat. 
Darvin mulohazasiga ko'ra, organizmlarning tez urchishi yashash uchun kurash sababchisidir. 
Lekin organizmlarning ko'p yoki oz nasl berishi turga kiruvchi organizmlar o'rtacha miqdorini 
belgilashga asos bo'lolmaydi. Darvin uqtirishicha qondor 2 ta, tuyaqush 20 ta tuxum qo'yadi. Shunga 
qaramay, o'z joyida qondor miqdor jihatdan ko'p qushdir. Bo'ron qushi atigi bitta tuxum qo'ysa ham, u 
miqdor jihatdan yyer yuzidagi eng ko'p qushlar qatoriga kiradi.
Xulosa qilib aytganda, biror turga mansub organizmlaming soni qoldirilgan nasl soniga emas
balki u rivojlanadigan muhitning 

Download 7,63 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish