|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmua«O'simliklar
olamida chetdan va o'z-o'zidan changlanishning ta’siri»
,
«Hasharotxo'r o'simliklar to'g'risida»,
«Odamda va hayvonlarda tuyg'uning ifodalanishi»
kabi asarlari bunga yorqin misoldir. Bu
asarlarida olim organik olam evolyutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari:
irsiyat, o‘zgaruvchanlik,
yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish
ekanligini e’tirof etdi. Darvin asarlarining jami 12 tomdan
iborat edi. Uning asarilari sinchkovlik bilan dalillar to'plash va ularni keng ko'lamda nazariy jihatdan
asoslashning yorqin namunasidir. U
induksiya
bilan
deduksiyaning
, analiz bilan sintezning doimiy
o'zaro aloqasini to'g'ri qo'llagan olimdir.
3.
Yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish va ularning xillari.
1920—1930-yillar orasida yashash uchun kurashni tur ichida, turlararo kurash shaklida
o‘rganish bilan bir qatorda, evolyutsiyani harakatlantiruvchi boshqa omillar — organizmlar sonining
o‘zgarib turishi, migratsiya, alohidalanish ham diqqat markazida bo‘ldi. Bu sohada olib borilgan
kuzatishlar, tadqiqotlar natijasida yashash uchun kurash murakkab bir butun jarayon ekanligi tobora
oshkor bo‘la boshladi. Binobarin, evolyutsion hodisalarga genetik va ekologik nuqtayi nazardan
yondashish va evolyutsion nazariyaning boshqa fanlar (morfologiya, embriologiya, paleontologiya,
filogenetilla, biotsenologiya) bilan aloqasini yanada mustahkamladi. Natijada klassik darvinizmga
nisbatan sifat jihatdan farq qiluvchi biologiyaning yangi shoxobchalari, ayniqsa, genetika, ekologiya
sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan boyigan, faktik va nazariy tayanchga ega evolyutsiyaning
sintetik nazariyasi yaratildi. Bu esa o‘z navbatida evolyutsion nazariyani tanglik holatdan olib chiqdi.
Darvin tirik mavjudotning moyil ekaniga o‘z e’tiborini qaratdi. Bu qonunga ko‘ra, har qaysi tur
individlarning soni cheksiz miqdorda ko‘payish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biroq tabiatda geometrik
progressiya asosida ko‘payish xech qachon amalga oshmaydi, zero cheksiz ko‘payish imkoniyatlari
yo‘lida « yashash uchun kurash» to‘sqinlik qilib turadi.
|
| |