turlarning kelib chiqishi
, ya’ni
yashash uchun kurashda eng yaxshi moslashgan zotlarning saqlanib
qolishi
» degan mashhur asari chop etildi.
Darvinning «Turlarning kelib chiqishi» nomli asari aniq va mantiqiy reja asosida yozilgan bo'lib,
Lyayel ta’biri bilan aytganda, «
bir uzun argument
» dan iborat edi. U umuman evolyutsion nazariya,
xususan, tabiiy tanlanish haqidagi nazariyani isbotlashga qaratilgan edi. Asar
14
bobdan iborat bo'lib,
xilma-xil hayvonlar zoti va o'simliklar navini chiqargan inson amaliyotini tahlil qilishdan boshlanardi.
Inson organizmlarning irsiyati va o'zgamvchanlik xossalari tufayli sun’iy tanlashda ajoyib
natijalarga yerishganligi ko'p misollar zaminida tushuntiriladi. So'ngra tabiiy sharoitdagi tanlanish
bayon etiladi. Darvin o'zgaruvchanlik va irsiyat xossalari tabiiy sharoitda yashaydigan organizmlarga
ham mansubligini, lekin bu yerda «yashash uchun kurash» yoki «hayot uchun raqobat»,
«organizmlarning geometrik progressiya yo'li bilan ko'payishi» tanlanish sababchisi ekanligini qayd
qiladi.
Yangi nazariyaga oid qiyinchiliklar Darvinning diqqat markazida turdi. Bu qiyinchiliklarning eng
asosiysi
tur xili
qanday qilib turga aylanadi, nima sababdan har xil turlar o'rtasida oraliq formalar
uchramaydi, degan masaladir. Bu qiyinchilik yashash uchun kurash, belgilaming ajralishi va oraliq
formalarning qirilib ketishi g'oyalari bilan bartaraf qilindi. Darvin ba’zi hollarda soddadan murakkab
tomon rivojlanishda oraliq formalar uchrashini ta’kidladi.
Yangi nazariya oldidagi qiyinchiliklardan yana biri hozirgi organizmlarning ajdodlari orasida
izchil paleontologik qatorlar yo‘qligi va paleontologik qazilmalardagi yetishmovchilikdir. Darvin
bunday yetishmovchiliklar tabiiy ekanligini, chunki qadimgi davrda yashagan hayvonlar vaqt o‘tishi
bilan yo'qolib ketishini, shunga ko‘ra, hech bir vaqt “geologik solnoma” to’la bo’lmasligini qayd qildi.
Asarning so’nggi boblari evolyutsion nazariyani paleontologik, biogeografik, sistematik, qiyosiy
anatomik va embriologik dalillar bilan isbotlashga qaratilgan. Darvin turli-tuman dalillar, g’oyalar
zaminida tabiiy tanlanish yoii bilan turlarning paydo bo’lishidagi nazariya
kreatsionistlar
nazariyasiga
nisbatan ko’p afzalliklarga ega ekanligini ta’kidladi.
«