• Genslo , geologiya professori Sedjvik
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

     
    2.
     
    Charlz Darvinning hayoti va ilmiy faoliyati hamda yirik asarlari 
     
    Charlz Darvin 1809-yil 12-fevralda Angliyaning Shryusberi shahrida shifokor oilasida tug‘ildi. U 
    bolaligidayoq tabiatdagi voqea-hodisalar, chunonchi, qushlar hayotini kuzatishga, o'simliklar va 
    minerallardan kolleksiyalar to'plashga qiziqar edi. Darvinlar uyining bir tomonida xilma-xil manzarali 
    daraxt va butalar ekilgan bog‘ bo'lib, ikkinchi tomonida daryo oqar edi. Yosh Charlz bo'sh vaqtlarini 
    tabiat quchog'ida o'tkazar, qushlar, hasharotlarni kuzatib, baliq tutar va ov bilan shug'ullanar edi. U 1817-
    yil maktabga borgan bo‘lsa-da, o'sha davrda hukmron bo'lgan 
    «
    klassik maktab
    »
    sinchkov Darvinda hech 
    qanday qiziqish uyg'otmadi. Darvin 16 yoshga to'lgach, otasi uning kelgusida shifokor bo'lishini ko'zlab, 
    Edinburg universitetining meditsina fakultetiga o'qishga kiritdi. Biroq univyersitetdagi darslar ham quruq 
    «
    klassik
    »
    o'qitishga asoslanganligi, ayniqsa, odam anatomiyasidan o'qiladigan ma’ruzalar zyerikarli 
    ekanligi, narkozsiz operatsiyalar qilinishi yosh Darvinda tibbiyot fanlariga nisbatan qiziqish uyg'otmadi. 
    O'g'lining medik bo'lish havasi yo'qligidan xabardor bo‘lgan otasi uni 1828-yili Kembrij universitetining 
    ilohiyot fakultetiga o‘qishga berdi. Bu yerda ham u xuddi Edinburg universitetidagi kabi, darslarga 
    qiziqmasada, uni tashlab ketmadi. Chunki univyersitetda ilohiyotga oid darslar bilan birga tabiiyot fanlari 
    ham o‘qitilar edi.
    Darvin tabiiy fanlarga qiziqishi jihatdan boshqa studentlardan ajralib turgani sababli 
    univyersitetdagi yirik tabiatshunos olimlarning diqqat e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Botanika professori 
    Genslo
    , geologiya professori 
    Sedjvik 
    Darvinning tabiyotga oid bilimlarini rivojlantirishga yaqindan 
    yordam berdilar. U tajribali geolog Sedjvik tomonidan Shimoliy Uelsga uyushtirilgan geologik 
    eksikursiyalarda faol ishtirok etdi. Darvin A. Gumboldtning Janubiy Amyerikaga qilgan safari xotiralarini 
    o'qib, safar qilishga ko'proq qiziqa boshladi. 
    Darvin 1831-yili univyersitetni tamomlagandan keyin pastor bo’lib ishlashdan ko’ra ko‘proq 
    tabiatshunoslikka, tadqiqotlarga moyillik sezdi. Chunki bu davrga kelib, u botanika, zoologiya, 
    geologiya sohasidagi adabiyotlardan yaxshi xabardor, tabiiy sharoitda bu fanlar bo‘yicha tadqiqot 
    ishlarini olib borish metodikasini anchagina egallagan edi. Bundan xabardor bo’lgan professor Genslo. 
    uni ingliz harbiy doiralari tomonidan butun jahon bo‘ylab safarga jo‘natilayotgan 
    «
    Bigl
    »
    kemasidagi 
    ekspeditsiya tarkibida tabiatshunos sifatida ishtirok etishga tavsiya etdi. 
    «

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish