Lamarkning falsafiy va umumiy biologik qarashlari




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

Lamarkning falsafiy va umumiy biologik qarashlari.
 
Jan Batist Lamark (1744 — 1829) buyuk fransuz tabiatshunosi, birinchi evolyutsion ta ’limotni 
yaratgan olimdir. 1778-yilda uning uch tomli «
Fransiya florasi
»
nomli asari chop etildi. Bu asar olimlar 
orasida diqqat-e’tiborga sazovor bo’di va uni ilmiy-jamoatchilikka ma’lum qildi hamda yirik botaniklar 
safidan o‘rin olishiga imkon yaratdi. Umurtqasiz hayvonlarni o'rganish va sinflash natijasida u 

Umurtqasiz hayvonlarning tabiiy tarixi

nomli 7 tomli nodir asarini yozdi. 

Umurtqasizlar

va 

Biologiya

tyerminlarini fanga birmchi bo'lib Lamark kiritdi. 
Lamarkning evolyutsiyaga doir fikrlari 
«
Zoologiyaga kirish
»
, (1801) va 
«
Zoologiya falsafasi
»

(1809) nomli asarlarida bayon etilgan. 
1797-yilgacha Lamark turlar o'zgarmaydi, degan g'oyaga J.B. Lamark ishongan bo’lsa-da, 
keyinchalik o‘z tadqiqotlariga asoslanib yuqoridagi fikrga tanqidiy ko‘z bilan ta’limotni targib
qilgan. Lamark zamondoshlari uning ta’limotini yetarli baholamadilar. 
Kyuve
unga nisbatan ashaddiy 
muxolif sifatida yo’l tutdi. Lekin turii qiyinchiliklar va xo'rliklarga qaramay, Lamark fan sohasidagi 
tadqiqot ishlarini mardonavor davom ettirdi. 
Lamark o‘z falsafiy qarashlari bilan XVIII asrda Fransiyada tarqalgan 
deizm
oqimiga mansub 
bo’lgan.
Deistlar
, bir tomon tabiiy tabiatdagi barcha hodisalar tabiat qonunlar asosida sodir bo’ladi, 
ikkinchi tomondan tabiat yaratuvchining oldindan belgilab berilgan tabiiy qonunlar asosida o‘zgaradi 
deydilar. Deizmga asoslangan Lamark materalistik tushunchalarni ba’zan deistik tasavvurlar bilan 
niqoblagan. Uning fikriga ko‘ra, barcha borliq asosida matyeriya va tabiat yotadi, matyeriya haddan 


tashqari mayda zarrachalar — atomlardan tashkil topgan passiv, harakatdan mahrum. Lamarkning 
umumiy biologik qarashlariga ko’ra, tirik mavjudotlar anorganik jismlardan bir qancha sifat belgilari 
bilan tubdan farq qiladi. Tiriklikning xilma-xil vakillari, hatto, eng oddiylari ham bir-biridan farq 
qiladigan qismlardan, aksincha, anorganik jismlar esa bir xil massadan tashkil topgan bo'lishi mumkin, 
lekin muayyan shaklga ega emas, tirik jismlar esa ma’lum shaklga ega bo’ladi. Tashqi sharoit organik 
va anorganik tabiatga turlicha ta’sir ko’rsatadi; anorganik tabiatni yemiradi, organik formalarni esa 
quvvatlab, ularning tuzilishini saqlaydi.
Anorganik massaning kattalashuvi, o'sishi uning tashqi yuzasiga yangi qismlar qo'shilishi
hisobiga bo’lsa, organizmning kattalashuvi esa moddalaming o'zlashtirilishi va organizm tarkibiga 
kirishi tufayli ro'y beradi. 
Anorganik tabiat oziqlanishga muhtoj emas, organizmlarning yashashi uchun esa oziq bo’lishi 
shart. Embrionning rivojlanishi, nobud bo’lishi tirik tabiatga xos, o'lik tabiatda esa bunday hodisalar 
uchramaydi. binobarin, o'lik tabiat bilan tirik tabiat o'rtasida keskin farq bor. Lamark fikricha, dastlabki 
sodda tirik formalar o’lik biatdan o'z-o'zidan paydo bo’lish tufayli vujudga kelgan. 
Xulosa qilib aytganda, Lamark insoniyat tarixida birinchi bo’lib organik olamning tarixiy 
rivojlanishi haqidagi masalani atroflicha o'rganib, uni ko'p jihatdan hal etgan olimdir.Uning ta’limotida 
evolyutsion nazariyaga bog'liq ko'p masalalar qamrab olingan. Turlarning realligi, o'zgaruvchanligi, 
organizmlarga tashqi muhitning ta’siri, evolyutsiya jarayonida organizm ichki xossalarining ahamiyati, 
evolyutsiya jarayonining yo'nalishlari va evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlari, irsiyat va 
o'zgaruvchanlikning organizmlar tarixiy rivojlanishidagi roli kabilar 
«
Zoologiya falsafasi
»
va keyingi 
asarlarida asosiy masala bo'lgan. Bu masalalar ko'pincha to'g'ri hal qilinmagan bo'lsa-da, lekin ular 
naqadar ko'pligining o'zi Lamark nihoyatda zo'r qobiliyatli tabiatshunos va nazariyachi bo'lganligidan 
dalolat beradi. 

Download 7,63 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lamarkning falsafiy va umumiy biologik qarashlari

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish